• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Hamkorlik aloqalari kengaymoqda

10 Aprel 2023, 8:40 1354

Joriy yilning 7-aprel kuni Birlashgan Arab Amirliklarining ADQ xolding kompaniyasining investitsiyalar bo‘yicha katta menejeri Rayan Friman Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Rayan Friman Sariq-cho'qqi, Qalmoqqir, Yoshlik-1 konlarida, Mis boyitish fabrikasi, 2-Mis boyitish fabrikasida hamda Mis eritish zavodida bo‘ldi va texnologik ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi.

Ma'lumot uchun: ADQ Yaqin Sharq mintaqasidagi eng yirik xolding kompaniyalaridan biri bo‘lib, Abu-Dabi neft bilan bog‘liq bo‘lmagan iqtisodiyotining asosiy tarmoqlarini qamrab oluvchi yirik korxonalarning turli portfeliga ega.

Kompaniyaning aksiyadori Abu-Dabi amirligi hukumati hisoblanadi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech