Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga kuni kecha Xitoyning nufuzli kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrif dasturi “Metallurg” madaniyat saroyida joylashgan OKMKning shonli tarixi aks etgan muzeydan boshlandi. Mehmonlar kombinat tashkil topgan sanadan boshlab, uning rivojlanish bosqichlari va mamlakat iqtisodiyotida tutgan o'rni haqidagi qimmatli ma’lumotlarni olishdi.
Navbatdagi manzil Qalmoqqir koni bo‘ldi.
Xitoyning ekskavator, buldozer, kran, yuklovchi va boshqa turdagi qurilish texnikalari shuningdek ehtiyot va butlovchi qismlar eksporti va importi bilan shug'ullanuvchi Shandong Shantui Construction Machinery Import And Export Co., Ltd. kompaniyasi, Xingrun Construction Group qurilish kompaniyasi, 2014-yil tashkil topgan Jigang Supply Chain (Jinan) Co., Ltd. xalqaro yetkazib beruvchi savdo-sotiq kompaniyasi, katta ma'lumotlar yechimlarini, bulutli va axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan Cloud Inspur Information Technology kompaniyasi, xalqaro bozorni kengaytirishga va infratuzilma qurilishi, ko'chmas mulkni rivojlantirish hamda sanoat investitsiyalarini o'z ichiga olgan turli xorijiy loyihalarda ishtirok etuvchi Qingjian Overseas Development Co., Ltd. kompaniyasi, yangi qurilish materiallarini shu jumladan granulalidomen shlaklari ishlab chiqarish va tarqatishga ixtisoslashgan Jinan Luxin New Building Materials Co., Ltd. kompaniya vakillaridan iborat delegatsiya yer qa’ridan foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar. Konda olib borilayotgan texnologik jarayonlar, ekologik xavfsizlik choralari va ishlab chiqarishning yuqori samaradorligi Xitoy kompaniyalari vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi. Ular mutaxassislardan xom ashyoni qayta ishlash tizimi, ilg‘or konchilik texnologiyalari va innovatsion yondashuvlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo'lishdi.
Tashrif so'ngida tomonlar sanoat sohasida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar. Xitoy kompaniyalari OKMKning innovatsion yechimlari va strategik rejalariga katta qiziqish bildirgan holda texnologik tajriba almashish va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratishdi.
Looki Yu: Biz Shandong Shantui Construction Machinery Import And Export kompaniyasining tashqi hamkorlik investitsiyalarini rivojlantirish bo'yicha vakillarmiz. Bu safar Olmaliq shahriga tashrif buyurib, kelgusida amalga oshiriladigan loyihalarni muhokama qilganimizdan xursandmiz va OKMK bilan davomiy hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yishga umid bildiramiz.
Xitoy delegatsiyasining OKMKga tashrifi xalqaro sanoat aloqalarini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.
OKMK Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izohingiz yoki to`gri versiya: