Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Xabaringiz bor, OKMK boshqaruvi raisining 2022-yil 31-avgustdagi 1037-sonli buyrug‘iga muvofiq tuzilgan ishchi guruh tomonidan Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmatida ijtimoiy va ma'naviy-ma'rifiy muhit, yoshlar muammolari hamda turli ko‘rinishdagi jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi o‘rganilgan edi.
Kuni kecha Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasining “Temiryo‘lchilar” madaniyat klubida mazkur o‘rganish ishlarining yakunlariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda OKMK boshqaruvi raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari S.Shermatov, mas'ul rahbarlar, tarkibiy bo‘linmalarning boshliqlari va ishchi-xodimlar ishtirok etishdi.
Ma'lumot o‘rnida aytish joizki mazkur xizmat xodimlari kombinatning har bir tarkibiy bo‘linmasida faoliyat olib borishadi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda ishchi-guruh tomonidan o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan ma'lumotlar berilib, muhokama qilindi.
Aniqlangan kamchiliklarning aksariyati o‘rganish davomida barataraf etilgani qayd etib o‘tildi.
Tadbirda har oyda IHQX xodimlari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazish, joylarda sayyor qabullarni tashkil qilish taklifi bildirildi.
Shuningdek, “Olmaliq KMK” AJ xodimlari Kasaba uyushmasi Kengashiga kombinat tarkibiy bo‘linmalaridagi ishchi-xodimlarning ish joylaridagi ijtimoiy sharoitlarini o‘rganish bo‘yicha Kasaba uyushmasi xodimlaridan iborat ishchi guruhni tashkil qilishi va kombinat tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari bilan birgalikda qisqa muddatda muammolarni bartaraf etish tavsiya etildi.
Aniqlangan muammo va kamchiliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha tegishli mas'ullarga ko‘rsatmalar berildi.
Shu o‘rinda aziz kombinat ishchi-xodimlariga eslatib o‘tamiz. Sizning korxonangizda qonunbuzilish holatlari bo‘layaptimi? Sizni qandaydir muammo qiynayaptimi? Unda telegram messenjeri orqali @OKMK_OFFICIAL_bot manziliga murojaat qiling. Sizning murojaatingizga mas'ullar javob beradi.
Axborot xizmati