Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Har bir qalbga ulashilgan ayyom quvonchi

28 Avgust 2026, 16:52 21

Inson qadri ulug‘langan yurtimizda har bir qalbga ayyom shukuhini ulashmoqlik bugungi kunda davlatimiz siyosatining eng muhim mezoniga aylandi. Ayniqsa, eng aziz va eng qadrli bayramimiz bo‘lgan Mustaqillik kuni arafasida mehr-oqibat, saxovat va muruvvat kabi ezgu an’analarimiz yanada yaqqol namoyon bo‘layapti. Umrining asosiy qismini kasbiga bag‘ishlab, ishlab chiqarish sohasi rivoji uchun munosib hissa qo’shgan kombinat mehnat faxriylari ushbu ayyomni tantanalar saroyida, ko’tarinki kayfiyat bilan qarshi oldilar.

Nuroniylarni O'zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati fahriylari kengashi raisi Aleksandr Farmanov hamda OKMK xodimlari kasaba uyushmasi kengashi raisi Abdurashid Xaydarovlar samimiy muborakbod etishdi.

Tadbir davomida kombinat ravnaqi yolida uzoq yillar mehnat qilib, boy hayotiy va kasbiy tajribaga ega bo’lgan Kurmangali Djapakov, Valentina Suzdalyova. Grunya Kim, Abdashim Tugalboyev hamda Anvarjon Uraimovlarga “Faol faxriy” ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

“Metallurg” MS badiiy havaskorlik jamoalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi yig’ilganlarga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

Muxtasar aytganda, ushbu bayram tadbiri kombinat istiqboliga poydevor qo‘ygan insonlarga bo‘lgan yuksak ehtiromning amaliy ifodasi bo‘ldi. Fahriy otaxonu onaxonlar ko‘rsatilgan e’tibordan mamnun bo‘lib, yurtimizga tinchlik va osoyishtalik tilagancha duoga qo‘l ochishdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech