Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Kuni kecha Avtomobil transport boshqarmasining 1-sonli avtokorxonasida Fuqaro muhofazasi otryadi bilan hamkorlikda ishchi-xodimlari o‘rtasida seminar va umumiy profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda ATB boshlig‘ining tovar moddiy boyliklar butligi bo‘yicha o‘rinbosari D.Xamzayev, bosh energetik O.Sapparovlar ishtirok etishdi.
Unda mamlakatimizda kuzatiladigan issiq kunlarda ishchi-xodimlarga munosib shart-sharoitlar yaratish, yong‘in xavfsizligi va qoidabuzarliklarni oldini olish, mehnat jamoasi o‘rtasida ichki muhitni yaxshilash masalalari muhokama etildi.
Tadbirda yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslikning ayanchli oqibatlari, shuningdek, uzoq muddatli ta'mirda turgan avtotransport vositalarining butligini ta'minlash bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, hr bir transport vositasi doimiy monitoring qilib borilayotganini, ya'ni GPS tizimi orqali har bir avtomashinaning yoqilg‘i sarfi va yo‘nalishdan tashqariga chiqishi jiddiy nazoratda ekanligi ta'kidlandi.
Tadbir davomida oila muqaddasligi, oilaviy ajrimlarni oldini olish, davlatimiz siyosatida avvalo inson manfaatlari birinchi o‘rinda ekanligi, har bir ishchi ish joyini qadriga yetishi, xavfsizlikka tahdid va korrupsiyaviy holatlarga bee'tibor bo‘lmasliklari haqida ham aytib o‘tildi.
Axborot xizmati