Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 5-sentyabr kuni OKMK Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida xizmat olib borayotgan Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmatining 9-komanda 1-guruh shaxsiy tarkibi xodimlari o‘rtasida huquqbuzarlik profilaktikasi tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda, Toshkent viloyati IIBB OKMKdagi IIB tezkor vakili, mayor U. Artikov, IHQX 9-komanda boshlig‘i M. Qilichev, qorovul boshlig‘i B. Hasanovlar ishtirok etishdi.
Tadbirda mas'ullar tomonidan huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, korxona mulkini ishonchli qo‘riqlash, kiberxavfsizlik, virtual olamdagi azart qimor o‘yinlarining salbiy oqibatlari va ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirishga qaratilgan bir qator masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbirda diniy bag‘rikenglik, diniy ekstremizm, yoshlar o‘rtasida giyohvandlik, o‘z joniga qasd qilish, ajrimlar, o‘g‘irlik, korrupsiya va turli jinoyatchiliklarni oldini olish va qo‘riqlash xizmati xodimlarining o‘z ishiga vijdonan yondashishlari, ularning mas'uliyatini yanada oshirish kabi dolzarb masalalarga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
Sunnatillo Erbutayev,
Birlashma direktorining xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi