• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Har doim ogoh bo‘lish shart!

26 Oktyabr 2022, 10:14 863

Joriy yilning 20-oktabr kuni Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi majlislar zalida “Diniy ekstremizm, terrorizm va diniy aqidaparastlikka qarshi kurash” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda 1-sonli IIB Tergov bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Qahramon Nazirov va qidiruv bo‘limi tezkor xodimi Aziz Rasuliy ishtirok etishdi.

Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida tobora ommalashib borayotgan psixotrop dori vositalariga ruju qo‘yish va uning ayanchli oqibatlari to‘g‘risida ham so‘z bordi.

Tadbirda aldov yo‘li bilan hozirda notinch bo‘lgan Suriya davlatiga olib ketilgan yurtdoshlarimizning Prezidentimiz tashabbusi bilan “Mehr” operatsiyasi orqali Vatanimizga qaytarilganligi to‘g‘risidagi videorolik namoyish etildi.

Shuningdek, tadbirla MTMZ direktorining moddiy tovar boyliklari butligi  va xavfsizlik bo‘yicha o‘rinbosari Madamin Mirzanov ham so‘z olib, mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Davra suhbati davomida ishchi-xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

Azamat Abdiyev,

MTMZ yoshlar ittifoqi raisi

Bo`lishmoq:
Text to speech