Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Bayram munosabati bilan xalq sayli tashkil etilib, shahrimizning markaziy ko‘chasi ayyomga monand bezatildi.
Tadbir avvalida so‘z olgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanov hamda Olmaliq shahar hokimi Qobil Hamdamov barchani Navro‘z umumxalq bayrami bilan qutlab, samimiy tilaklarini bildirishdi.
“Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim” shiori ostida o‘tkazilgan xalq saylida “Metallurg” madaniyat saroyi atrofi va “Yoshlar bog‘i” hududida kombinat tarkibiy bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi viloyatlarining milliy qadriyatlari va urf-odatlarini aks ettirgan ko‘rgazmalar namoyish etildi.
“Yoshlar bog‘i”da arqon tortish, tosh ko‘tarish, uzunlikka sakrash, boks, kurash, shaxmat, shashka, stol tennisi kabi sport turlari bo‘yicha sport musobaqalari hamshaharlarimizda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, lanka tepish, chillik kabi xalq o‘yinlarining tashkil etilishi bolajonlarga olam-olam zavq bag‘ishladi.
Ayniqsa, “Yoshlar bog‘i”da tashkil etilgan milliy taomlarni tayyorlash bo‘yicha tanlovlar barchaga haqiqiy bayramona kayfiyat ulashdi.
“Metallurg” madaniyat saroyi old tarafiga o‘rnatilgan sahnada esa “Metallurg” MS badiiy jamoalarining konsert dasturi namoyish etildi. O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Jenisbek Piyazovning xonishlari barchaga manzur bo‘ldi.
Shuningdek, bayram tadbirida shahar ta'lim muassasalari tomonidan tashkil etilgan badiiy ijodiy namunalarni aks ettiruvchi ko‘rgazmalarini ham alohida ta'kidlash joiz.
Tadbir davomida viloyatlarning milliy urf-odatlarini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar hamda milliy taomlar tanlovi g‘oliblari ham aniqlandi.
Jumladan, Samarqand viloyatining milliy qadriyatlari va urf-odatlarini aks ettirgan ko‘rgazmalarini namoyon etgan Mis boyitish fabrikasi jamoasi, Xorazmni milliy an'analarini ko‘rsatib bergan Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasi, Surxondaryoning udumlarini aks ettirgan Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasi jamoalari 3-o‘ringa loyiq ko‘rildi.
Bizni Farg‘ona viloyatining urf-odatlari bilan tanishtirgan Texnologik transport boshqarmasi mehnat jamoasi esa 2-o‘rinni egalladi.
Milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi ko‘rgazmani taqdim etgan Ijtimoiy ob'yektlar boshqarmasi hamda Navoiy viloyatining milliy qadriyatlarini namoyish etgan Avtomobil transport boshqarmasi mehnat jamoasiga 1-o‘rin berildi.
Buxoro viloyatining o‘ziga xos urf-odatlari va udumlari ko‘rgazmasini zo‘r mahorat bilan tayyorlagan “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti
hamda o‘z mahsulotlarinig ko‘rgazmasini namoyon etgan Iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi mehnat jamoalari esa gran priga sazovor bo‘lishdi.
MTTU MISiS Olmaliq filiali, Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali, Rux zavodi, Qalmoqqir kon boshqarmasi, Kovuldi koni, 2-Mis boyitish fabrikasi, Mis eritish zavodi, Markaziy tahlil laborratoriyasi, Elektr tarmoqlari boshqarmasi, Yoshlar ittifoqi, jismoniy tarbiya va sport bo‘limi, Uy-joylarni ta'mirlash va ulardan foydalanish boshqarmasi kabi mehnat jamoalariga ham rag‘batlantiruvchi sovrinlar tufha etildi.
Tanlov g‘oliblariga qimmatbaho sovg‘alar ulashildi.
OKMK Axborot xizmati