• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Tilsiz yov – doimo xushyorlikni talab etadi

27 Oktyabr 2022, 10:6 597

2022-yil 24-oktabr kuni, Sherobod sement zavodi idoraviy yong‘in xavfsizligi xizmati hodimlari uchun favqulodda yig‘in signali bo‘yicha yong‘in o‘chirish amaliy taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Shuningdek, tadbir davomida zavod moddiy tovar boyliklarini saqlash va uning butligini ta'minlashda, yong‘in  bilan bog‘liq halokatli texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish holatlari tushuntirildi. Ushbu holatlar sodir bo‘lganda, “Tezkor yig‘in” signali bo‘yicha rahbar va ishchi xodimlarni  vazifalari, hatti-harakatlarini “yuqori tayyorgarlik”ka o‘tish uchun taktik amaliy mashg‘ulotlarham  tashkil etildi.

O‘tkazilgan mashg‘ulot tadbiri davomida soha mutaxassislari tomonidan to‘g‘ri bajarilgan ishlar va aniqlangan kamchiliklar kelgusida qayta sodir etilmasligi uchun rahbar va ishchi xodimlarga tushunchalar berilib chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Ko‘rsatma va topshiriqlarni bajarilishini nazorat qilish Sherobod sement zavodining idoraviy yong‘in xavfsizligi xizmati profilaktika yo‘riqchisi zimmasiga yuklatildi.

Tadbirda Sherobod sement zavodi direktorining umumiy masalalar va Fuqaro muhofazasi bo‘yicha o‘rinbosari S.Nishonov, MM va TX bo‘limi boshlig‘i M.Normamatov, zavod sex va uchastka boshliqlari, ishchi-xodimlar ishtirok etishdi.

S.Toshboboyev,

Sherobod sement zavodining tovar moddiy boyliklarini 

saqlash va tartibot masalalari bo‘yicha yetakchi muhandis

Bo`lishmoq:
Text to speech