Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Joriy yilning 28-oktyabr kuni Xondiza kon boshqarmasi hududida favqulodda vaziyatlarda fuqaro muqofazasi tuzilmalarini shayligini tekshirish maqsadida taktik-maxsus o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot ssenariysiga ko‘ra, Xondiza kon boshqarmasi boyitish fabrikasi reagent bo‘limida zilzila oqibatida binolar qulab, yong‘in kelib chiqadi va portlash sodir bo‘ladi.
Yuzaga kelgan favqulodda vaziyatni zudlik bilan bartaraf etish uchun barcha qutqaruv xizmatlari, yong‘in xavfsizligi bo‘limi, tez tibbiy yordam xizmati voqea joyiga yetib kelishadi.
Tadbirda Surxondaryo viloyati FVB obyektlarda yong‘in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish bo‘linmasi, Xondiza KB 23-sonli yong‘indan qutqaruv qismi hamda boyitish fabrikasi ishchi xodimlari ishtirok etishdi.
Mashg‘ulotda favqulodda vaziyat hududidan ishchi va xizmatchilar evakuasiya qilindi. Jabrlanganlarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatildi.
Har bir tuzilma va xizmat o‘zlarining vazifalarini tezkorlikda bajarishdi.
Mashg‘ulot davomida ma'sullar tomonidan zilzila sodir bo‘lganda boyitish fabrikasi xodimlarining vazifalari va harakatlari tekshirildi.
Baxtsiz hodisalarni bartaraf etishda ishtirok etadigan alohida shaxslar o‘rtasida vazifalarni taqsimlash va ularning harakatlari tartibi nazoratdan o‘tkazildi. Qutqaruv va yong‘in xavfsizligi xizmatlarining xodimlari va boyitish fabrikasi ishchilarining hatti-harakatlari hamda o‘zaro hamkorligi tekshirildi.
Mashg‘ulot so‘nggida har bir xizmatning hatti-harakati mas'ullar tomonidan tahlil etildi.
Axborot xizmati