• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33

Har qanday huquqbuzarlikka jazo tayin!

21 Fevral 2025, 14:13 606

Joriy yilning 20-fevral kuni Markaziy ta'mirlash mexanika zavodida huquqbuzarliklarni oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda OKMKdagi IIB tergov bo‘linmasi katta tergovchisi I.Jo‘raqulov katta surishtiruvchi B.Abdullayev, zavod direktorining Tovar va moddiy boyliklarini saqlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.Mirzanovlar ishtirok etishdi.

- Hozirgi axborot texnologiyalari davrida internet tarmog‘idagi taqiqlangan saytlarga kirmang, bilib-bilmay layklar bosib yurmang. Bir misol bundan 3 yil avval zavodimiz ishchisi, o‘zi to‘liq anglamagan holda bir siyosiy rolikka layk bosib, uni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha izoh qoldirgan. Ushbu harakati ortidan mana javobgarlikka tortildi. Ushbu rolikda amaldagi siyosiy tuzimga qarshi g‘oyalar targ‘ib etilgan. Sizlar ham nima qilayotganligingizni avval chuqur o‘ylang, tahlil qiling. Har qanday noto‘g‘ri qadam, javobgarlikka sabab bo‘ladi, - deydi M.Mirzanov.

- Mayda tashmachilik, o‘g‘irlik kabi jinoyatlarning MTMZda ro‘y bermagani albatta, quvonarli holat. Ammo, Avtomobil va Texnologik transport boshqarmalarida mana shunday holat ro‘y berdi. Birgina noto‘g‘ri tashlangan qadam ortidan 8 kishi javobgarlikka tortildi. Yana bir holatga e'tibor qaratishlaringizni so‘rab qolardim. ATB ishchisi Piskent tumani 51-sonli oilaviy poliknikadan 30 kun ishga kelmaganligi uchun kasal bo‘lganligini aytib, ma'lumotnoma olib kelgan. Aslida bu ma'lumotnoma surishturuv vaqtida haqiqiy emasligi, poliklinikaning elektron ro‘yxatida yo‘qligi aniqlangan. Bu ma'lumotnoma sababli katta hamshira, hamshira va shifokorlar jarimaga tortilgan. Sizlardan mana shunday holatlarga yo‘l qo‘ymasliklaringizni so‘rab qolardim,- deydi I.Jo‘raqulov.

- Hozirgi kunda eng ko‘p uchrayotgan jinoyatlardan biri bu kiber makonda sodir etilayotgan firibgarlik jinoyatidir, - deydi B.Abdullayev. - MTMZ ishchisi bir nechta hamkasblarining ishonchiga kirib, uyali aloqa vositasi orqali ularning nomiga kredit olgan. Bu holat bir necha marta takrorlangan. Hozir ushbu jinoyat ishi bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlangan. Shu ishni qilgan sizlarning hamkasblaringiz. Hozirda kreditlar Face ID orqali beriladi. Shunchalik soddamizki, telefonimizni birovlarning qo‘liga berib, uning nima qilayotganligi bilan qiziqmaymiz. Vaholangki u bundan foydalanib bir emas bir nechta banklardan kredit olib, sizni og‘ir sharoitga tushirib qo‘ymoqda.

Bunday jinoyatlarni oldini olish uchun telefoningizni begonalarga bermang yoki  berishdan oldin biling nima maqsadda so‘rayotganini va shaxsiy ma'lumotlaringizga kirishiga yo‘l qo‘ymang.

Tadbirda ishchi-xodimlar mas’ullardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu