• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Har qanday huquqbuzarlikka murosa yo‘q!

30 Mart 2023, 9:50 926

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Komplayens-nazorat xizmati tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, OKMK Boshqaruv raisi A.Xursanovning 2022-yil 30-sentyabrdagi Olmaliq KMK" AJ ning "Tovar-moddiy boyliklarni qabul qilishga doir maxsus komissiya tuzish to‘g‘risidagi" 001151-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Maxsus qabul komissiyasi tomonidan "INITIAL" MChJ, "SPETS-AVTO" MChJ hamda "CHEMICAL FIBER" MChJ tomonidan yetkazib berilgan tovarlarning qabul qilinish jarayoni hamda tovarlarning sifatini tekshirish maqsadida taftish o‘tkazildi.

Ishchi guruh tomonidan o‘rganish natijalari xulosasiga ko‘ra, Ichki mehnat tartib qoidalarini buzgan 8 nafar ma'sul shaxslarga nisbatan umumiy qiymati 30 626 352 (o‘ttiz million olti yuz yigirma olti ming uch yuz ellik ikki) so‘m miqdorida intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

"INITIAL" MChJ, "SPETS-AVTO" MChJ hamda "CHEMICAL FIBER" MChJ tomonidan yetkazib berilgan nuqsonli tovarlar uchun da'vogar sifatida sud tomonidan ko‘rib chiqish uchun ariza berildi.

Shuningdek joriy yilning 25-mart kuni tegishli buyruq asosida Texnologik transport boshqarmasi tarkibiy bo‘linma (sex)larida ishlab chiqarish jarayonida yuzaga kelgan kamchiliklar va yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni aniqlash, ularni bartaraf qilish choralarini ko‘rish maqsadida maxsus komissiya tashkil etilib, tekshirish jarayonlari olib borilmoqda. Komissiya tomonidan shuningdek, TTBdan “Yoshlik 1” investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida jalb qilingan avtomobil transporti, yo‘l qurilish transporti va maxsus texnika vositalaridan samarali va maqsadli foydalanilishi ham tahlil qilinishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, 2022-yil 31-avgustdagi “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisining №1037-sonli buyrug‘i asosida “Olmaliq KMK” AJ tarkibiy bo‘linmalarida ijtimoiy va ma'naviy-ma'rifiy muhit, yoshlar muammolari hamda turli ko‘rinishdagi jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar samaradorligini o‘rganish ishlarini yanada jadallashtirish, uning natijadorligini ta'minlash maqsadida tasdiqlangan buyrug‘i bo‘yicha barcha korxonalarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Hozirda belgilangan jadval asosida Mis eritish zavodi miqyosida muammolar o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish ishlari olib borilayapti.

Bir so‘z bilan aytganda kombinatda korrupsiya va huquqbuzarlikning har qanday ko‘rinishiga ayovsiz kurash olib boramiz.

Shuhrat Jo‘rayev,

OKMK Komplaens-nazorat xizmati boshlig‘i

Bo`lishmoq:
Text to speech