Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Ma'lumki OKMK boshqaruvi raisining 2022-yil 31-avgustdagi 1037-sonli buyrug‘iga muvofiq tuzilgan ishchi guruh tomonidan kombinat tarkibiy bo‘linmalarida ijtimoiy va ma'naviy-ma'rifiy muhit, yoshlar muammolari hamda turli ko‘rinishdagi jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi o‘rganilmoqda.
Ana shunday o‘rganish ishlaridan navbatdagisi Chirchiq shahridagi Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida o‘tkazildi.
Joriy yilning 14-noyabr kuni ushbu o‘rganish ishlarining yakunlariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda OKMK boshqaruvi raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari S.Shermatov, mas'ul rahbarlar, tarkibiy bo‘linmalarning boshliqlari va ishchi-xodimlar ishtirok etishdi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda ishchi-guruh tomonidan o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan ma'lumotlar berilib, muhokama qilindi.
O‘rganish davomida kamchiliklarning aksariyati zudlik bilan bartaraf etilgani qayd etib o‘tildi.
Bildirilgan takliflardan kelib chiqib korxona payvandchilarining payvandlash ishlarini tahlil qilish uchun jadval (grafik) ishlab chiqib, Markaziy analitik laboratoriyasiga buyurtma berish, korxonaning muhandis-texnik xodimlarning maxsus kiyimlarni berilish muddatlarini qisqartirish maqsadida mutaxassisilarni jalb qilgan holda, korxona muxandis-texnik xodimlarining ishlash sharoitlarini xronametraj qilish choralarini ko‘rish belgilandi.
O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarning ba'zilarini bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga aniq muddatlar berildi.
Shuningdek, tadbirda mazkur tarkibiy bo‘linmada yirik investitsiyaviy loyihalar amalga oshirilayotganligi ta'kidlanib, barcha ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarida doim faol ekanligi bildirildi.
Tadbirda jinoyatchilikni oldini olish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy omillari tahlil etilib, ishchi-xodimlar har doim ogoh bo‘lib, turli xil jinoyatlarga aralashib qolmasligi zarurligi uqtirildi.
Mas'ullar tomonidan mazkur mehnat jamoasida ijtimoiy-ma'naviy muhit, yaratilgan sharoitlar boshqa korxonalarga namuna ekanligi alrhida ta'kidlab o‘tildi.
Shu o‘rinda aziz kombinat ishchi-xodimlariga eslatib o‘tamiz. Sizning korxonangizda qonunbuzilish holatlari bo‘layaptimi? Sizni qandaydir muammo qiynayaptimi? Unda telegram messenjeri orqali @OKMK_OFFICIAL_bot manziliga murojaat qiling. Sizning murojaatingizga mas'ullar javob beradi.
OKMK Axborot xizmati