Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Ma'lumki OKMK boshqaruvi raisining 2022-yil 31-avgustdagi 1037-sonli buyrug‘iga muvofiq tuzilgan ishchi guruh tomonidan kombinat tarkibiy bo‘linmalarida ijtimoiy va ma'naviy-ma'rifiy muhit, yoshlar muammolari hamda turli ko‘rinishdagi jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi o‘rganilmoqda. O‘rganish ishlarining navbatdagisi Chodak kon boshqarmasida o‘tkazilib, ushbu o‘rganish ishlarining yakunlariga bag‘ishlangan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda OKMK boshqaruvi raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari S.Shermatov, mas'ul rahbarlar, tarkibiy bo‘linmalarning boshliqlari va ishchi-xodimlar ishtirok etishdi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda ishchi-guruh tomonidan o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan ma'lumotlar berilib, muhokama qilindi. O‘rganish davomida kamchiliklarning aksariyati zudlik bilan bartaraf etilgani qayd etib o‘tildi.
O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarning ba'zilarini bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga aniq muddatlar berildi.
Ishchi guruh tomonidan tuzilgan dalolatnomada ko‘rsatilgan kamchiliklar muhokamasidan so‘ng, ishchi-xodimlar bilan ochiq muloqotga kirishildi. Ochiq muloqot davomida Chodak kon boshqarmasining ishchi-xodimlari tomonidan “Guzaksoy” shaxtasi xodimlari uchun avtoturargoh qurish bo‘yicha boshlangan ishlarni jadallashtirish, “Guzaksoy” shaxtasi ishchi-xodimlarining ishga qatnashlari uchun qo‘shimcha transport vositasini ajratish, Chodak kon boshqarmasidagi vakant lavozimlar to‘g‘risidagi ma'lumotlarning shaffof bo‘lishini ta'minlash, “Pirmirob” shaxtasi hududida joylashgan mini futbol maydoniga maxsus chim yotqizish kabi takliflar bildirildi.
Shu o‘rinda aziz kombinat ishchi-xodimlariga eslatib o‘tamiz. Sizning korxonangizda qonunbuzilish holatlari bo‘layaptimi? Sizni qandaydir muammo qiynayaptimi? Unda telegram messenjeri orqali @OKMK_OFFICIAL_bot manziliga murojaat qiling. Sizning murojaatingizga mas'ullar javob beradi.
Axborot xizmati