• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Harbiy xizmatchilar kombinat muzeyida

18 May 2022, 13:4 1471

Xabaringiz bor, bugun – Xalqaro muzeylar kuni. Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2022 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistondagi muzeylar soni 127 tani tashkil etib, ularga 2021 yil davomida 5100,0 ming kishi tashrif buyurgan. Yirik sanoat korxonasi sanalgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining ham o‘z tarixi muzeyi mavjud.

Sana munosabati bilan bugun O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Toshkent viloyati Ohangaron tumani va Olmaliq shaharlarida joylashgan Toifalangan ob'yektlarini qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi harbiy qismlarining harbiy xizmatchilari uchun kombinat muzeyiga sayohat tashkil etildi.

Harbiy xizmatchilar muzeyda kombinatning tashkil topishi, tarkibiy bo‘linmalari faoliyati, erishgan yutuqlari va tarixiga oid ma'lumotlarga ega bo‘lishdi.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech