• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Haydovchilar malakasi oshirildi

11 Yanvar 2023, 8:50 1408

Maxsus, xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish o‘ziga yarasha mahorat, bilim va tajriba talab etadi. Sababi, kichik bir xato ortidan katta ko‘ngilsizliklar kelib chiqishi mumkin.

Sanoat korxonasi bo‘lgan kombinatda maxsus transport texnika vositalaridan keng foydalaniladi. Chunki ishlab chiqarish jabhasining to‘xtovsiz ishlashi uchun avtotransportlarda tashilayotgan yuklar muhim hisoblanadi. Yuklarni o‘z manzillariga talofatlarsiz yetkazilishida esa haydovchilarning tajriba va malakasi muhim rol o‘ynaydi. Ularning kasbiy mahoratlarini oshirish borasida kombinatning o‘quv markazi mutaxassislari tomonidan qator ishlar amalga oshirib kelinadi.

Kuni kecha ana shunday xavfli yuklarni tashish va ularni saqlash bo‘yicha navbatdagi o‘quv kurslarini tamomlagan Avtomobil transporti boshqarmasining 46 nafar haydovchilarga muxsus guvohnomalar topshirildi. Shu munosabat bilan boshqarmada kichik tadbir tashkil etildi.

O‘quv kurslarida tinglovchilar ikki guruhga bo‘lingan holda malakalarini oshirishdi. 1- guruh 2022-yilning 16-19-dekabr kunlari o‘qigan bo‘lsa, 2-guruh 20-24-dekabr kunlari mashg‘ulotlarda qatnashdi.

Darslarda asosan, avtotransportlarni xavsiz boshqarish, texnik talablar va qoidalar, baxtsiz xodisalarning oldini olish kabi muxim mavzularga e'tibor qaratildi. Ta'kidlab o‘tish joizki, mazkur soha vakillarining malakalari har 3 yilda oshiriladi.

Muxtasar aytganda, maxsus texnika vositalarini boshqarayotgan haydovchilarning bilim va tajribalarini o‘z vaqtida oshirish va yangilash, nafaqat ishlab chiqarish jabhasida jarayonlarning samaradorligini ta'minlaydi balki baxtsiz xodisalarning oldini ham oladi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech