• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Hech kim mehr va e'tibordan chetda qolmaydi

03 Dekabr 2024, 14:54 40

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning holidan xabar olish, ularning o‘ksik ko‘ngliga bir oz bo‘lsada quvonch bag‘ishlash orqali e'tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish OKMK rahbariyati va kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan an'anaga aylangan.

3-dekabr – Xalqaro nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni munosabati bilan ushbu an'ana davom ettirildi.

Kombinat tarkibiy bo‘linmalari kasaba uyushmalari mas'ullari o‘zlariga biriktirilgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning xonadonlariga borib, ularning holidan xabar olishdi. 9 ta oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat jamlanmalarni tuhfa etishdi.

Bundan g‘amxo‘rlik va e'tibordan xursand bo‘lgan hamshaharlarimiz Prezidentimizning nogironlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘ycha bo‘yicha amalga oshirayotgan islohotlarini doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlab kelayotgan kombinat rahbariyatiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Sana munosabat bilan nogironligi bo‘lgan shaxslarga 274 ta  oziq-ovqat jamlanmalari tarqatildi.

Bundan tashqari, kombinat jamoa shartnomasiga ko‘ra, 322 nafar ishchi-xodimlarning 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan 334 nafar farzandlariga ham yurtimizda belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 2,63 baravari miqdorida yillik moddiy yordam ko‘rsatiladi.

Gulida Abdullayeva,

OKMK xodimlari kasaba uyushmasi

Kengashi ijtimoiy himoya bo‘yicha mutaxassis

Bo`lishmoq:
Text to speech