Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-334-fevral – Butunjahon saraton kasalligiga qarshi kurash kuni. Bu kun 2000-yilda Parijda o‘tkazilgan birinchi Xalqaro onkologiya forumida ta'sis etilgan.
Ushbu kunning asosiy maqsadi:
- Onkologik kasalliklar haqida jamoatchilikni xabardor qilish;
- Saratonning oldini olish va erta aniqlash choralarini ko‘rish;
- Davolash usullari va tadqiqotlarga e'tiborni kuchaytirish.
Har yili bu sana butun dunyo bo‘ylab turli ma'rifiy tadbirlar, xayriya aksiyalari va tibbiy tashxislash dasturlari bilan nishonlanadi.
Jumladan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hamda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent viloyati filiali bilan hamkorlikda onkologik kasalliklarga qarshi kurashishda, seminar, ijtimoiy loyihalar va tibbiy ko‘rik tashkil etib kelmoqda.
Seminarning navbatdagi manzillari bugun, 4-fevral – Xalqaro onkologiyaga qarshi kurashish kunida Qalmoqqir kon boshqarmasi hamda Iste'mol mollari ishlab chiqarish boshqarmasi bo‘ldi.
Seminarda tajribali onkolog shifokor Muqaddas To‘xtaboyeva hamkasblari bilan yuzlab ayollarga kasallikning belgilari va davolanish, tibbiy nazorat, tibbiy ko‘rik va tibbiy madaniyat haqida ma'lumotlar berishdi.
Kun oxirida ayollar uchun alohida tibbiy ko‘rik va maslahatlar ham o‘tkazildi.
Axborot xizmati