Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Joriy yilning 24-yanvar kuni “Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining tashabbusi bilan “Hisobot-saylovlarni o‘tkazish tartibi” mavzusida Sanoat temir yo‘l transport boshqarmasining “Temiryo‘lchilar” madaniyat markazida navbatdagi o‘quv seminari o‘tkazildi. Seminarda Kengash raisi o‘rinbosari Omonqul Beknazarov, bosh mehnat huquq inspektori Mirshohid Mavlyanov hamda kombinat tarkibiy bo‘linmalari boshlang‘ich, sex tashkilotlari rahbarlari ishtirok etishdi.
Seminar dasturiga ko‘ra, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kasaba uyushmalari tizimida hisobot-saylovlarni o‘tkazish bo‘yicha Nizomning mazmun-mohiyati trening tarzda batafsil tushuntirildi.
Shuningdek, amaliy mashg‘ulot orqali sex tashkilotida hisobot-saylov yig‘ilishini, konferensiyasini olib borish tartibi ham namoyish etildi.
Bu kabi seminarlar kombinatning boshqa viloyatlardagi tarkibiy bo‘linmalarida ham o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Seminarlardan asosiy ko‘zlangan maqsad tarkibiy bo‘linmalarning kasaba uyushmalari boshlang‘ich, sex tashkilotlari tomonidan hisobot-saylovlarini yuqori saviyada va qonun hujjatlari doirasida tashkil etishni o‘rgatishdan iborat.
Umida Djalilova,
kombinat kasaba uyushmasi Kengashi apparatining
tashkiliy ishlar bo‘yicha yetakchi mutaxassisi
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izohingiz yoki to`gri versiya: