"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Ma'lumki, joriy yilning fevral-mart oylarida kombinat tarkibiy bo‘linmalarida kasaba uyushmalarining hisobot yig‘ilishlari va konferensiyalari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Tarkibiy bo‘linmalarning kasaba uyushmalari boshlang‘ich, sex tashkilotlari tomonidan hisobot-saylovlarini yuqori saviyada va qonun hujjatlari doirasida tashkil etishni o‘rgatish maqsadida o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda.
Jumladan, OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan uzoq hududlarda ham bu kabi o‘quv seminarlari o‘tkazilmoqda.
Kuni kecha mana shunday seminarlardan navbatdagisi Xondiza kon boshqarmasida tashkil etildi.
“Hisobot-saylovlarni o‘tkazish tartibi” mavzusida o‘tkazilgan o‘quv seminarida Kengash raisi o‘rinbosari Omonqul Beknazarov, Xondiza KB kasaba uyushmasi mas'ullari, kon boshqarmasiga xizmat ko‘rsatib kelayotgan avtokorxona, Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati, Markaziy analitik laboratoriyasi, Texnik nazorat xizmati kasaba uyushmalari mas'ullari ishtirok etishdi.
Seminar dasturiga ko‘ra, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kasaba uyushmalari tizimida hisobot-saylovlarni o‘tkazish bo‘yicha Nizomning mazmun-mohiyati trening tarzda batafsil tushuntirildi.
Shuningdek, amaliy mashg‘ulot orqali hisobot-saylov yig‘ilishini, konferensiyasini olib borish tartibi ham namoyish etildi.
Hududiy o‘quv seminari Angren kon boshqarmasida ham o‘tkazildi. Unda shu hududda mehnat qilayotgan Angren kon boshqarmasi, avtokorxona, Markaziy analitik laboratoriyasi, Shaxtaqurilish boshqarmasi, Texnik nazorat xizmati, Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati, Angren pipe plant MChJ kasaba uyushmasi mas'ullari qatnashdi.
Umida Djalilova,
kombinat kasaba uyushmasi kengashi apparatining
tashkiliy ishlar bo‘yicha yetakchi mutaxassisi