• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Hukumat energiya resurslari bozori islohotini boshladi

01 Iyun 2022, 9:25 1674

Hukumatning yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Qaror loyihasiga ko‘ra:

2022 yil 1 iyuldan boshlab:

Elektr energiyasi bo‘yicha:

- aholi uchun 1 kVt soat elektr energiyasi iste'moli oyiga 250 kVt soatgacha – 325 so‘m (hozirda 295 so‘m), 250 kVt soatdan yuqori har 1 kVt soat uchun – 650 so‘m;

(Tabaqalashtirilgan narxlarda 250 kVt.s gacha elektr energiya ishlatadigan abonentlar uchun qo‘shimcha xarajat oyiga 7,5 ming so‘mgachani, 300 kVt.s gacha ishlatadigan abonentlar uchun 25 ming so‘mgachani va 400 kVt.s gacha elektr energiya ishlatadigan abonentlar uchun esa 61 ming so‘mgachani tashkil etadi).

- Navoiy KMK, Olmaliq KMK va byudjet tashkilotlari (800 so‘m)dan tashqari barcha yuridik shaxslar uchun  – 600 so‘m.

Tabiiy gaz bo‘yicha:

- aholi uchun 1 kub m tabiiy gaz iste'moli oyiga isitish mavsumida 700 kub metrgacha – 410 so‘m (hozirda 380 so‘m), 700 kub metrdan yuqori har 1 kub metr uchun –1 200 so‘m, isitish mavsumidan tashqari davrda 200 kub metrgacha – 410 so‘m, 200 kub metrdan yuqori har 1 kub metr uchun – 1 200 so‘m.

(isitish mavsumida 700 kub m gacha tabiiy gaz iste'mol qiluvchi abonentlar uchun qo‘shimcha xarajat oyiga 21 ming so‘mgacha, 1 000 kub m gacha iste'mol qiluvchi abonentlar uchun qo‘shimcha xarajat oyiga 267 ming so‘mgachani tashkil etadi. Shuningdek, isitish mavsumidan tashqari davrda 200 kub m gacha tabiiy gaz iste'mol qiluvchi abonentlar uchun qo‘shimcha xarajat oyiga 6 ming so‘mgacha, 300 kub m gacha iste'mol qiluvchi abonentlar uchun qo‘shimcha xarajat oyiga 88 ming so‘mgachani tashkil etadi).

- Navoiy KMK, Olmaliq KMK va byudjet tashkilotlari uchun – 1 300 so‘m, avtomobillarni gaz bilan to‘ldirish kompressor stansiyalari uchun – 1 200 so‘m, issiqlik elektr stansiyalari uchun – 1 000 so‘m hamda qolgan yuridik shaxslar uchun – 1 150 so‘m.

Umuman, hukumatning rejalariga ko‘ra, 2026 yildan boshlab elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gazning ulgurji bozoriga o‘tiladi hamda narxlar erkin shakllanadi.

Bo`lishmoq:
Text to speech