• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Huqubuzarliklarni aniqlash emas, ularni oldini olish muhim!

17 Fevral 2023, 8:21 539

Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida Diniy idora vakillari va IIB xodimlari hamkorligida “Jaholatga qarshi ma'rifat” mavzusida ishchi-xodimlar ishtirokida davra suhbati tashkillashtirildi.

Unda diniy bag‘rikenglik, diniy ekstremizm, korrupsiya, kiberxavfsizlik shuningdek, turli jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish kabi masalalari muhokama etildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari qo‘mitasining Chirchiq shahar bo‘yicha bosh mutahassisi V.Xamidov, "Amir o‘g‘li Xasanboy" jome' masjidi noibi imom O.Safarov, Toshkent viloyati IIBB OKMK IIB tergov bo‘limi boshlig‘i Q.Nazirovlar ishtirok etishdi.

Tadbirda birlashma ishchi-xodimlarga turli huquqbuzarlik, jinoyatchilik, korrupsiya, internet tarmoqlaridagi qimor o‘yinlarining salbiy oqibatlari, ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri maqsadlarda foydalanish, ijtimoiy ma'naviy muhitni sog‘lomlashtirish, jamiyatimizdagi illatlarning salbiy oqibatlari haqida keng tushunchalar berib o‘tildi. Bunday holatlarni oldini olishda barcha birdek mas'ul ekanligi aytib o‘tildi.

Tadbirda “Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashmoq lozim” mavzusida videorolik namoysh etildi.

Sunnatillo Erbutayev,

birlashmaning xavfsizlik masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi

Bo`lishmoq:
Text to speech