Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Xabaringiz bor, bugundan ko‘hna Samarqand shahrida «ICTWEEK Uzbekistan–2022» axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi boshlandi.
Haftalik doirasida 22ta tadbir o‘tkazilib, 900 nafardan ortiq xorijlik mehmonlar qatnashishi kutilmoqda.
Mazkur haftalik davomida 4000 kv.m maydonda tashkil etiladigan “ICTEXPO” ko‘rgazmasida jami 100 dan ziyod xorijiy va mahalliy kompaniyalar ishtirok etshmoqda. Jumladan, haftalikda Meta, Plug and Play, Nokia, ZTE, Huawei, Innotech, Yandex, Astana hub kabi kompaniyalar ham – «ICTWEEK Uzbekistan – 2022» haftaligida qatnashadi.
E'tiborlisi, mazkur haftalikda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mutaxassislari ham ishtirok etishayapti.
Ma'lumot o‘rnida ta'kidlash lozimki, «ICTWEEK Uzbekistan – 2022» axborot-kommunikasiya texnologiyalari haftaligi 2004-yildan buyon har yili o‘tkazib kelinmoqda.
AKT haftaligi sohani raqamlashtirish va yaqin besh yilda Yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi doirasida O‘zbekiston IT-tarmog‘ini yanada kengaytirish va ustuvor masalalarni muhokama qilish uchun bazaga aylanishi kutilmoqda.
Axborot xizmati