• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Idoraviy harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati haqida faktlar

27 Oktyabr 2023, 10:41 318

1953-yil 23-oktyabr shahrimizning Oltin topgan Qo‘rg‘oshin va Rux kombinati tashkil topganligi munosabati bilan harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati bo‘linmasi tuzilgan. Avvaliga 11 nafar xodim bilan xizmat olib borgan.

2011-yilga kelib bo‘linma Harbiylashtirilgan qo‘riqlash xizmati nomiga o‘zgartirildi.

Hozirgi kunda bo‘linmada 1000dan ziyod o‘qchilar, nazoratchilar, qorovullari mehnat qilishayapti.

Bo‘linmada 30 yoshgacha bo‘lgan 400 nafardan ortiq mutaxassislar, 100dan ziyod xotin-qizlar mehnat faoliyatini olib borishadi.

Xizmat jamoasi kombinatning Olmaliq shahri va boshqa joylaridagi salkam 50ta tarkibiy bo‘linmalarida faoliyat olib borishadi.

Xizmat xodimlari kombinat obyektlarini qo‘riqlash, tovar moddiy boyliklarini saqlash, tarkibiy bo‘linmalarda tartibni saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, terrorchilik va boshqa xurujlarni bartaraf etish kabi vaziflarni amalga oshirishadi.

Shuningdek, ular qo‘riqlanadigan obyektlarda jinoyatlar va ma'muriy huquqbuzarliklarni oldini olish va ularga barham berish, mol-mulkni qo‘riqlash va ularni kuzatib borishadi. Qo‘riqlanayotgan ilg‘or muhandislik-texnik vositalar va usullarni joriy etishadi va ulardan foydalanishadi.

Qo‘riqlanayotgan obyektda texnogen va tabiiy tusdagi favqulodda hodisalar va vazifalarni oldini olish va ularni tugatishda qatnashishadi.

Obyektlar mol-mulkini qo‘poruvchilik, terrorchilik harakatlari sodir etilishida yoki o‘g‘irlash va boshqa jismoniy tajovuzlardan ishonchli qo‘riqlashni tashkil etish masalalari bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlari bilan o‘zaro samarali hamkorlikni ta'minlashadi.

Xodimlarining jangovar, jismoniy va xizmat tayyorgarligini yuqori darajada ta'minlash va saqlash maqsadida malakali yo‘riqchilar tomonidan muntazam tayyorgarlik mashg‘ulotlari olib boriladi.

Bo`lishmoq:
Text to speech