• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

IEM: jamoa shartnomasining 2022-yilgi bajarilishi qoniqarli deb baholandi

21 Fevral 2023, 8:52 806

Issiqlik elektr markazi mehnat jamoasining konferensiyasida sexlardan saylangan delegatlar, “Olmaliq KMK” AJ ma'muriyati vakili, bosh energetik o‘rinbosari Alijon Nosirov, kombinat kasaba uyushmasi kengashi apparati vakili, tashkiliy ishlar bo‘yicha yetakchi mutaxassis Umida Djalilovalar ishtirokida o‘tkazildi.

Markaz ma'muriyati tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, elektr energiya ishlab chiqarish rejasi 103%ni, tizimga uzatilgan elektr energiyasi ko‘rsatgichi rejaga nisbatan 106%ni tashkil etdi.

Kasaba uyushmasining oxirgi 2 yillik hisobotlar monitoringi shuni ko‘rsatdiki, ishchi-xodimlarni davolash-profilaktika muassasalarida sog‘lomlashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan kasaba uyushma a'zolariga moddiy ko‘mak ko‘rsatish, xodimlarning farzandlarini oromgohlarda dam oldirish, sportga keng jalb etish ishlarida rejadan ortiq bajarilganini namoyon etdi.

2022-yilgi majburiyatlarning ijrosi haqida hisobotlarni taqdim etgan bosh muhandis Muxtor Eshmatov va kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Sarvar Kalamxodjayevlar tomonidan markaz jamoasi oldiga 2022-yilda qo‘yilgan yillik vazifalar to‘liq bajarilgani bois mehnat jamoasiga minnatdorlik bildirilib, 2023-yil rejalari haqida ma'lumotlar yetkazildi.

Hisobotlarni muhokama etish jarayonida mehnat muhofazasi bo‘yicha muhandis Ilhom Xolmatov va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha komissiya raisi Charos Mamayusufovalar o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda erishilgan yutuqlar haqida batafsil ma'lumot berishdi.

Muzokaralar davomida konferensiya delegatlari Issiqlik elektr markazida jamoa shartnomasining 2022-yilgi tadbirlarini bir ovozdan qoniqarli bajarildi deb baholashdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech