• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

IEM mas'uliyatli mavsumga shay

25 Noyabr 2024, 9:21 46

Vazirlar Mahkamasining joriy yil 6 iyuldagi “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy va energetika sohasi obyektlari hamda ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2024-2025 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan joylarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan shu kungacha bir qator tadbirlar amalga oshirib borildi.

Mazkur qarorga ko‘ra, elektr, gaz, suv ta'minoti, issiqlik energiyasi, ko‘mir, suyultirilgan gaz va boshqalar bilan ta'minlashni nazarda tutuvchi iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar qanchalik sifatli bajarilganini kuz-qish mavsumi sinovlari ko‘rsatib beradi.

Issiqlik elektr markazi nafaqat Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, balki shahrimiz energetika tizimida muhim ahamiyat kasb etuvchi korxonalardan biri hisoblanadi. Kombinat korxona va sexlarining elektr energiyasi va bug‘ ko‘rinishidagi issiqlik energiyasiga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, kombinat bo‘linmalari va shahar iqtisodiy-ijtimoiy tarmoqlarining issiqlik va issiq suv ta'minotini amalga oshirib kelayotgan mazkur markaz mas'uliyatli mavsumga doimo jiddiy hozirlik ko‘rib boradi. Umuman olganda, issiqlik energetika tarmoqlarini saqlab borish va ularga ekspluatasiyaviy- texnik xizmat ko‘rsatish uzluksiz olib borilishi talab etiladigan yo‘nalish hamdir.

OKMK korxonalari iste'molchilarining 8÷13 atmosfera bosimli, harorati 3300C bo‘lgan sanoat bug‘lari bilan ta'minoti uchta quvur magistral tarmoqlari orqali yo‘lga qo‘yilgan. Tashqi iste'molchilar ta'minoti ham uchta bug‘ o‘tkazgich tarmoqlari orqali amalga oshirib boriladi. Shahar aholisining issiq suv bilan ta'minoti IEM-shahar I navbati, IEM-shahar II navbati, IEM-MBF issiqlik tarmoqlari orqali olib boriladi. IEMning bug‘ bo‘yicha quvvati - 390 tn/soat, issiq suv bo‘yicha - 300 Gkal/ soatni tashkil qiladi.

- Kuz-qish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rish va uni betalofat o‘tkazish maqsadida markazimiz tomonidan keng qamrovli ishlar olib borildi, - deydi IEM bosh muhandisi Muxtor Eshmatov. - Birinchi navbatda energiya manbalari ishlab chiqarilishiga xizmat qiladigan barcha uskuna va jihozlarimizni mavsumga tayyorlashda bahamjihatlikda ish olib borgan Qozon-trubina sexi, Elektr sexi, Kimyo sexi hamda ayni davrda “Issiqlik manbai” sho‘'ba korxonasi tasarrufiga o‘tkazilgan Yer osti tarmoqlari va kommunikasiyalari sexi jamoalari mehnatini alohida ta'kidlab o‘tishim zarur bo‘ladi.

Tasdiqlangan ish rejasiga asosan, iyun oyida PT-12/3, 4/1, 0-1 st 2-sonli quvur agregatimizda joriy ta'mir ishlari olib borildi. Keyingi oyda xuddi shunday rusumdagi 3-quvur agregatimizda ham joriy ta'mir ishlarini o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldik. Avgust oyida PT-12/3, 4/1, 0-1 s t 1 - s o n l i q u vu r agregatimizda bajarilishi ko‘zda tutilgan joriy ta'mir ishlari o‘z yakuniga yetkazildi. Aynan shu oyda PTVM-100 st 6-sonli qozon agregetimizda ham kapital ta'mir ishlari amalga oshirildi.

1959-1968 yillar mobaynida o‘rnatilgan va ayni kungacha foydalanishda bo‘lgan 3 ta BKZ–75/39 FB st 1-, 2-, 3-sonli qozon agregatlarimizda o‘tkazilgan joriy ta'mir ishlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Oktyabrь oyida esa BKZ-75/39 FB st 4-sonli qozon agregatimizda kapital ta'mir ishlari tugatildi. Bundan tashqari, IEM sexlari tomonidan ekspluatatsiya qilib kelinayotgan energetika qurilmalari va yordamchi uskunalarida ham joriy, profilaktik oldini olish ta'mir ishlari maqsadli bajarildi. Shu kunlarda har bir agregatlarimizga ko‘mirni o‘ta mayda zarralangan holda maydalab beruvchi maydalagichlarimizda ta'mir ishlari keng qamrovda olib borilmoqda.

Qozon-trubina sexining Shuhrat Teshaboyev, Juman Dushayev, Rim Muhammedjanov kabi chilangarlari hamda qozon mashinisti G‘olib Meliboevlar zimmalariga yuklatilgan vazifalarni sharaf bilan bajarib borib, o‘z hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelishmoqda. Qozon-trubina sexi energiya uzatuvchisi Shoira Oynaqulovaning OKMKning 75 yilligi munosabati bilan “Shuhrat” medali bilan taqdirlanishi jamoamiz mehnatiga berilgan e'tirofdir.

Shuni ishonch bilan ta'kidlab o‘tishim zarurki, Issiqlik energiya markazimiz kuz-qish masumiga tayyor holatda yetib keldi va ayni kunlarda shahar ijtimoiy ob'ektlari, ko‘p qavatli turar joylarga issiqlik va issiq suvni belgilangan miqdor hamda sifat ko‘rsatkichlarida jo‘natib bormoqda.

Xulosa qilib aytish mumkinki, IEM energetiklari aholi farovonligi yo‘lida bunday buyon ham bahamjihat faoliyat olib borishni o‘z burchi deb biladi.

Hasan Abdullayev

Bo`lishmoq:
Text to speech