"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan har bir bayram arafasida keksalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtojlarga, Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti faxriylariga ehtirom ko‘rsatiladi.
Bugun erta tongdanoq Olmaliq kon-metallurgiya kombinati xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi mas'ullari Navro‘z bayrami munosabati bilan bir guruh nuroniylar holidan xabar olishdi. Nuroniylarga bayram munosabati bilan o‘zida 9 xil oziq-ovqat mahsulotlarini jamlagan to‘plamlar tuhfa etildi.
Bunday e'tibor va g‘amxo‘rlikdan xursand bo‘lgan O‘zbekiston qahramoni, mehnat faxriysi Saydali Rahmonov, shuningdek, mehnat fronti faxriysi 93 yoshni qarshi olgan Izyat ona Ahmedova hamda 100 yoshni qarshi olgan mehnat faxriysi Xolbuvi Aliqulovalar kombinat rahbariyati va kasaba uyushmasi Kengashiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.
100 yoshni qarshi olgan Xolbuvi Aliqulovaga Kengashi tomonidan mikroto‘lqinli pech ham sovg‘a qilindi.
“Metallurg” MS ijodkorlari tomonidan bahor fasliga monand kuy-qo‘shiqlar hamda milliy urf-odatlarimizni aks ettiruvchi kelin salom ham nuroniylarga manzur bo‘ldi.
Feruza Bazarova,
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi ijtimoiy himoya bo‘yicha mutaxassis