• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi “Yashil makon” umumilliy loyihasida faol

25 Aprel 2023, 8:17 631

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibiy bo‘linmalari “Yashil makon” umumilliy loyihasida faol ishtirok etishmoqda. Jumladan, Ijtimoiy obyektlar boshqarmasi mehnat jamoasi ham ushbu loyihada uyushqoqlik bilan qatnashayapti.

Ular tomonidan bahor mavsumi uchun 12800 tup daraxt ko‘chatlarini ekish belgilangan bo‘lsa, hozirgi vaqtga kelib 11720 ta turli xil daraxt ko‘chatlari ekildi. Bundan tashqari, rejada belgilangan daraxt nihollari qo‘shni Piskent tumanida joylashgan “Tong” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi hududida ekilib, bog‘ yaratish ko‘zda tutilgan.

Yana bir muhim jihat, mehnat jamoasi tashabbusi bilan loyiha bo‘yicha tashkil etilgan “Birgalikda bog‘ yaratamiz” xayriya aksiyasi doirasida shahrimizning “Yoshlar bog‘i” hududiga umumiy hisobda 650 tupdan ziyod pavlovniya, qayrog‘och, klyon, yasin, badriyanik, katalpa kabi manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Shuningdek, keyingi mavsum uchun ko‘chat tayyorlash maqsadida daraxt qalamchalari ekish ishlari ham faollikda amalga oshirildi. Xususan, “Gulzor” BSO hududida 5000 tup, “Tong” BSO hududida 3500 tup, “Metallurg” BSO hududida 3900 tup, “Xandiza parvoz” BSO hududida 20000 tup hamda sanoat hududiga yaqin joydan ajratilgan yerga 100000 dona daraxt qalamchalari o‘tqazildi.

IOB ma'muriyati

Bo`lishmoq:
Text to speech