• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Infogarfika: Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 2024-yilgi ko'rsatkichlari

21 Yanvar 2025, 10:53 64

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan 2024-yilda 38,1 trln so‘mlik tovar mahsulotlari ishlab chiqarilib, reja 116,1%ga bajarilgan.

Jumladan, mis rudasini qazib olish vazifasi 101,6%ga bajarilib, +104,5%lik o‘sish sur'atiga erishilgan.

Mis xom ashyosini qayta ishlash bo‘yicha reja 100,1%ga bajarilib, o‘sish sur'ati +101,6% bo‘lgan.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 2024-yilda mahsulotlar eksporti borasida 610,9 mln dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirilib, prognoz 111,1%ga bajarildi.

Investitsiya dasturi bo‘yicha 2024-yilda 1 mlrd 943,9 mln dollar mablag‘lar o‘zlashtirilib, prognoz 103,2%ga bajarildi yoki 2023-yilga nisbatan o‘sish sur'ati 172,3 foizni tashkil qildi.

2024-yilda 268 ta loyiha bo‘yicha 1 trln 567 mlrd so‘mlik mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarilib, belgilangan prognoz 103%ga bajarildi. Bu 2023-yilga nisbatan o‘sish 3,6 barobarni tashkil qildi.

2024-yilda OKMKda raqamlashtirish bo‘yicha 31 ta chora-tadbirlar amalga oshirilib, jami bo‘lib 92 mlrd 550 mln so‘m mablag‘ iqtisodiga erishildi.

OKMK tomonidan 2024-yilda davlat byudjetiga jami 19,3 trln so‘m mablag‘ to‘lab berilgan.

Bo`lishmoq:
Text to speech