Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Infografika: 2024-yil eksport ko'rsatkichlari

10 Yanvar 2025, 9:19 1850

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan eksport ko'rsatkichlari.

2024-yil davomida eksport qilingan mis mahsulotlari ko‘rsatkichlari: 51 698 t, shundan 50 695 t mis katodi va 1 003 t mis katankasi.

2024-yil davomida 28 859 t rux mahsulotlari eksport qilingan. Shundan 27 479 t rux metalli, 20 t rux belilasi va 1 360 t rux kuporosi.

Shuningdek, 0,6 t reniy, 470 t kadmiy, 11 488 t mis kuporosi, 0.06 t palladiy kukuni, 760 t molibden mahsulotlari, 15 183 t qo'rg'oshin konsentrati eksport qilindi.

2024-yilda jami 610 852 ming AQSH dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirildi va rejaviy vazifa 111,1%ga bajarildi.

Kombinat mahsulotlari 19 ta davlatga eksport qilinadi. Xorijga asosan mis, rux, molibden, reniy, qo‘rg‘oshin konsentrati, kadmiy, palladiy kukuni kabi mahsulotlar eksport qilinmoqda.

Bo`lishmoq:
Text to speech