Infografika: “Olmaliq KMK” AJda 2025-yil davomida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot
11 Mart 2026, 13:8 41
2025-yilning may-iyun oylarida “Olmaliq KMK”AJning korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi, tashqi auditdan oʻtkazildi. Oʻtkazilgan tashqi audit yakuniga koʻra, Kombinatda joriy etilgan aksilkorrupsiyaviy boshqaruv tizimi, ISO 37001:2016 Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti Xalqaro standarti, shuningdek OʻzDSt ISO 37001:2019/ISO 37001:2016Milliy standartlari talablariga muvofiq deb e’tirof 2025 yilning 30-iyun sanasida esa, har ikkala Sertifikatlar “Olmaliq KMK” AJ Boshqaruvi raisining qoʻliga tantanali ravishda topshirildi.
“Olmaliq KMK” AJ Markaziy apparati boʻlinmalari - 38 ta boʻlinmalar hamda barcha 46ta tarkibiy korxonalarda korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarini amalga oshirish taʻminlangan.
“Olmaliq KMK” AJning korrupsiyaga qarshi kurashish menedjment tizimi (KQKMT) toʻliq joriy etish maqsadida Kombinatning umumiy soni - 19 ta ichki lokal hujjatlar ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.
“Olmaliq KMK”AJning Rahbar (boshqaruv) hamda injener-texnik toifaga mansub xodimlarning eng kamida 10%ni (tahminan – 3800 nafardan ziyod xodimlarni) oʻqitish hamda egallagan bilimlarini TEST sinovlaridan oʻtkazish ishlari Buyruq bilan tasdiqlangan Grafikka asosan tashkil “Olmaliq KMK”AJda hisobot davrida 1938 nafaryangi xodimlar ishga qabul qilingan boʻlib, barcha nomzodlar 100% tekshiruvlardan oʻtkazilgan.
141 nafar xodimlar uchun “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi” mutaxasisslari tomonidan (ikki kunlik – jami 12 soatlik) “Korrupsiyaga qarshi kurash va manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish” mavzusida oʻquv kurslari tashkil etildi. Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining tashabbusi asosida tashkil etilgan ISO 37001:2025 xalqaro standarti talablari asosida tashkil etilgan oʻquv kursida “Olmaliq KMK”AJning 1 (bir) nafar xodimi ishtirok etdi. 2 nafar muhandis-texnik xodiml “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi”da korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali amalga oshirishga qaratilgan maxsus chuqurlashtirilgan oʻquv kurslarida malakasi oshirildi.
“Olmaliq KMK”AJ Komplayens xizmati tomonidan Kombinat IT departamenti mutaxassislari bilan hamkorlikda Kombinat va tarkibiy korxonalardagi barcha 100% xodimlar tomonidan Manfaatlar toʻqnashuviga oid deklaratsiyalarni toʻldirish, xabarnoma toʻldirish hamda reyestr yuritish ishlarini raqamlashtirish maqsadida, Kombinatning rasmiy Telegram messendjerida alohida MTbot platformasi Test rejimida ishga tushirildi.
asosida “Olmaliq KMK”AJning2024-yil 1-aprelda yangi tahrirda tasdiqlangan Ustavidabelgilanganbarcha jami – 57 dona funksiya va vazifalar, ularning korrupsiyaviy xavf-xatarlarga moyillik darajasi baholashdan oʻtkazildi. Baholash ishlari yakuniga koʻra, Kombinat Ustavida belgilangan umumiy soni 57ta funksiya va vazifalardan (vakolatlardan) iborat boʻlib, shundan: 3 tasi (5,26%) – Yuqori; - 16 tasi (28,03%) – Oʻrta; - 38 tasi (66,67%) – Past. deb eʼtirof etildi.
2024 yil yakuni bilan “Olmaliq KMK”AJning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-81 Qarori asosida “Samaradorlikni reyting baxolash” natijalari boʻyicha reytingdagi oʻrnini keskin yahshilashga erishildi va 85 ball toʻplangan hamda “Yaxshi” natija qayd etgan tashkilotlar guruhiga otishga erishildi.
2025-yil davomida Komplayens xizmati ishtirokida jami – 19 ta xizmat tekshiruvlari oʻtkazildi. Kombinat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori – 1,121 mln soʻm miqdordagi pul mablagʻlari, aybdor shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda zarar miqdorini toʻliq hajmda undirishga erishildi. Monitoring tadbirlari doirasida samarasiz (maqsadsiz) ishlatilishi oldi olingan mablagʻlar miqdori - 1,180 mln soʻmni tashkil qilgan va ushbu mablagʻlar toʻliq hajmda Kombinat balansiga qaytarilishi ta’minlandi.