"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 332025-yilning 1-choragi bo‘yicha 8,2 trln so‘mlik tovar mahsulotlari ishlab chiqarish belgilangan bo‘lib, amalda 9,1 trln so‘mlik tovar mahsulotlari tayyorlandi. Reja 113,9%ga bajarildi.
Shuningdek, prognoz bo‘yicha 1,7 mlrd so‘mlik xalq iste'moli mollari ishlab chiqarish belgilangandi, amalda esa 2,3 mlrd so‘mlik xalq iste'moli mollari tayyorlanib, reja 134,4%ga bajarildi.
Joriy yilning yanvar-mart holatiga ko‘ra eksport prognozi 105,4%ga bajarilib, 101 mln 735 ming dollarlik mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.
Mahalliylashtirish dasturi doirasida 93 ta loyiha bo‘yicha 312,4 mlrd so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi, prognoz 104%ga bajarildi. Import o‘rnini bosish samaradorligi esa 24 mln dollarni tashkil qildi.
Investitsiya dasturi doirasida birinchi chorak yakuni bo‘yicha 205,4 mln dollar mablag‘ o‘zlashtirilib, reja 102,1%ga bajarildi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy kreditlar hisobidan 105,4 mln dollar o‘zlashtirilgan holda prognoz 101,7%ga ado etildi.