Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Xabaringiz bor, joriy yilning 24-26 aprel kunlari Toshkent shahrida “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmada ishtirok etish uchun 5 mingdan ortiq delegat, jumladan, MDH mamlakatlari, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Hindiston, Singapur, Xitoy, Yaponiya, Armaniston, Qozog‘iston, Turkiya va Turkmanistonning 300 dan ziyod xorijiy kompaniyasi, biznes va davlat tuzilmasi vakillari ro‘yxatdan o‘tdi.
Tadbirda 200 dan ortiq kompaniya ishtirok etgan holda tashrif buyuruvchilar soni esa 10 000 nafarga yetdi.
Ko‘rgazma maqsadi Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, qo‘shma korxonalar tashkil etish, ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish va mustahkamlashga qaratildi. Uning asosiy bo‘limlari mashinasozlik, metallurgiya va materiallar, energetika yechimlari, axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari, infratuzilmani rivojlantirishga bag‘ishlandi.
Ko‘rgazma doirasida o‘tkazilgan "Metallurgiya va tog‘-kon sanoati sohasida xalqaro kooperatsiya hamkorligining dolzarb muammolari" mavusidagi panel sessiyasida OKMKda tranformatsiya jarayonlari bo‘yicha ham ma'lumotlar berildi.
Xalqaro sanoat ko‘rgazmasida xorijiy davlatlar qatorida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ham 100 dan ortiq o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdi. Ko‘rgazma davomida kombinat mas'ullari 50 dan ziyod xorijiy kompaniyalar, shu jumladan, Rossiya Federatsiyasining 8 ta viloyati gubernator va rahbarlari bilan suhbatlar olib bordi. 10 ga yaqin kompaniyalar bilan mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.
Xulosa qilib aytganda, “INNOPROM” biznes, ilmiy va ekspert hamjamiyatlari vakillari o‘rtasida ochiq muloqot, yangi ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, mavjud savdo va ishlab chiqarish aloqalarini kengaytirish, yangi istiqbolli tashabbus va loyihalarni ishlab chiqish uchun noyob imkoniyatlar yaratdi.
Axborot xizmati