Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Inson baxtli bo‘lishi uchun Vatanini, kasbini, oilasini sevishi kerak

17 Fevral 2025, 14:55 573

Mis eritish zavodida bo‘lib o‘tgan ma'naviy-ma'rifiy uchrashuvda OKMK Ma'naviyat va ma'rifat kengashi, “Ma'rifat targ‘ibotchilari” jamiyati a'zolari, Xotin-qizlar va gender tenglik bo‘yicha Maslahat kengashi mas'ullari ishtirok etishdi.

Mehnat jamoalarida ijtimoiy-ma'naviy muhitning barqarorligi ko‘p jihatdan rahbariyat va xodimlar  o‘rtasida do‘stona muloqotning yo‘lga qo‘yilishiga bog‘liq. 

OKMK boshqaruv raisi maslahatchisi Kamola Umaraliyeva, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a'zosi Oysara Dadayeva, “Ma'rifat targ‘ibotchilari” jamiyati a'zosi, podpolkovnik Gulnoza Sabriyevalar zavodda mehnat qilib kelayotgan ishchi-xodimlar bilan xotin-qizlarning haq-huquqlari, ma'naviy-ahloqiy fazilatlar va bugun jamiyatda uchrayotgan ayrim illatlar haqida suhbatlashdilar.

Shuningdek, uchrashuv davomida ishchi-xodimlar ham faol bo‘lishib, o‘z kasbiy-hayotiy tajribalarini o‘rtoqlashdilar.

Muloqot so‘nggida barcha ishtirokchilar bir maqsad va bir xulosaga kelishdi – Inson baxtli bo‘lishi uchun Vatanini, kasbini, oilasini sevishi kerak.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech