Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan har bir islohot zamirida inson qadri mujassam. Xususan, OKMK AJ "Olmaliqmetallurgqurilishtresti" uchastkalarida bu borada ko‘zga ko‘rinarli tashabbuslarni amalga oshirmoqda. Trestning har bir sex va uchastkalarida ishchi-xodimlar uchun munosib sharoitlar yaratilmoqda.
Mavjud sharoitlarni o‘rganish maqsadida "Olmaliqmetallurgqurilish" tresti Kasaba uyushmasi qo‘mitasi va mehnat muhofazasi komissiyasi mas'ullari “Yoshlik-1 koni”da yangi barpo etilayotgan 1- va 2-sonli texnik xizmat ko‘rsatish ob'ektlarida mehnat qilib kelayotgan Qurilish boshqarmasi 1-sonli uchastkasi ishchilari bilan uchrashib, o‘rganish ishlarini olib borishdi.
Uchrashuv davomida ishchi-xodimlarni qiynayotgan masalalar tinglandi, takliflari o‘rganildi.
Ochiq va samimiy ruxda o‘tkazilgan uchrashuv davomida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas'ullar tomonidan javob berildi hamda xodimlar bilan birgalikda reja bo‘yicha qilinajak ishlar yuzasidan kelishib olindi.
Shu bilan birga, ovqatlanish xonalaridagi me'yoriy talablarga amal qilinishini nazorat qilish bilan birga ishchi-xodimlarning oshxona haqidagi fikrlarini tinglashdi. Mavjud kamchiliklar bo‘yicha mas'ul xodimlarga tushuntirishlar berib o‘tildi.
Bu kabi uchrashuvlar Qurilish materiallari va konstruksiyalari ishlab chiqarish boshqarmasi plastik va alyuminiy buyumlar ishlab chiqarish sexi mehnat jamoasi bilan ham tashkil etildi.
Obid Sarkayev,
“Olmaliqmetallurgqurilish” tresti kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi