"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 3311-noyabr - O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlar "Inson qadri uchun, el-yurt baxti uchun" shiori ostida tashkil etilmoqda.
Jumladan, sana munosabati bilan tarkibiy bo‘linmalar tomonidan muhtojlarga, nogironligi bor shaxslarga mehr-muruvvat ko‘rsatilmoqda.
Sanoat temir yo‘l transport boshqarmasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Otabek Minasipovning ma'lum qilishicha, korxona rahbariyati va kasaba uyushmasi faollari tomonidan 8 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishlamaydigan pensionerlarning holidan xabar olingan.
Angren kon boshqarmasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi rais Sherzod G‘aniyevning ma'lumotiga ko‘ra, kasaba uyushmasi qo‘mitasi komissiyalarining raislari tomonidan nogironligi bo‘lgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj 6 nafar nafaqadagilarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatilgan.
Shuningdek, Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi rahbariyati va kasaba uyushmasi faollari ham 3 nafar mehnat faxriysining holidan xabar olishib, oziq-ovqat jamlanmalarini taqdim etishdi. Bizga bu haqda korxona kasaba ushmasi qo‘mitasi raisi Sherzod Tursunov xabar qilmoqda.
Bundan tashqari, Rux zavodi kasaba uyushmasi faollari ham muhtojlarga beminnat g‘amxo‘rlik ko‘ratishdi. Zavod kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Sahobiddin Yunusaliyevning ma'lum qilishicha, 4 nafar mehnat faxriylariga mehr-muruvvat ko‘rsatilib, bayram sovg‘alari yetkazilgan.
Bu kabi xayrli ishlar Mis eritish zavodi hamda O‘quv markazi kasaba uyushmasi faollari tomonidan ham amalga oshirildi.
Ko‘rsatilayotgan e'tibor va g‘amxo‘rlikdan mamnun bo‘lgan mehnat faxriylari, nogironligi bor shaxslar davlatimiz rahbariga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishmoqda.
Axborot xizmati