Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning bosh mezoni “Inson qadri uchun” degan ustuvor tamoyilning amaldagi ifodasini har bir bayram arafasida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan bajarilayotgan xayrli ishlar misolida ko‘rishimiz mumkin.
An'anaga sodiq qolgan holda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yillik shodiyonasi arafasida OKMK rahbariyatining tashabbusi bilan 55 nafar kombinatda ishlab, nafaqaga chiqqan baynalminal jangchilarga, 4 nafar kombinatda ishlab, nafaqaga chiqqan Chernobil AES halokatini bartaraf etishda ishtirok etganlarga, 3 nafar Ikkinchi jahon urushi va 28 nafar mehnat fronti faxriylariga o‘zida 9 xil oziq-ovqat mahsulotlaridan tashkil topgan jamlanmalar tuhfa etildi.
Shuningdek, OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan ham 97 nafar kombinatda ishlab, hozirda nafaqada bo‘lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj pensionerlarga, 36 nafar boquvchisini yo‘qotgan oilalarga ham oziq-ovqat jamlanmalari tarqatildi.
Bu kabi e'tibor va g‘amxo‘rlikdan xursand bo‘lgan nuroniylar o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi va Yaratgandan yurt tinchiligini so‘rab duoga qo‘l ochishdi.
Feruza Bazarova,
OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi
ijtimoiy himoya bo‘yicha mutaxassis