"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33O‘zbekiston konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashi tashabbusi bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligida OKMK pensionerlari hamda faxriylari uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rigi tashkil etildi.
OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi Tibbiy xizmat boshlig‘i Abdujabbor To‘xtaboyevning ma'lum qilishicha, Olmaliq shahar hududiy tibbiy birlashmasi ko‘p tarmoqli poliklinikasida tashkil etilgan tibbiy ko‘rik 23 fevraldan 25 fevralga qadar bo‘lib o‘tadi. Tibbiy ko‘rik Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan yuborilgan kardiolog, terapevt, urolog, gineokolog, onkolog, oftalmolog kabi tibbiy xodimlar tomonidan o‘tkazilmoqda. Tibbiy ko‘rik o‘tkazayotgan barcha shifokorlar tibbiyot oliygohlari Respublika ixtisoslashgan markazlarining xodimlaridir.
Tibbiy ko‘rikni tashkil etishda barcha sharoitlar yaratilgan.
O‘zbekistonning yangi taraqqiyot strategiyasida bosh mezon etib belgilangan “Inson qadri uchun” degan tamoyilning amaldagi ifodasini ushbu tashkil etilgan tibbiy ko‘rik misolida ham ko‘rishimiz mumkin.
Axborot xizmati