• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Inson qadrini ulug‘lash bosh maqsadimiz

31 Yanvar 2023, 8:51 1167

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60 sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan  O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ni “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi  ijrosini ta'minlashga ko‘maklashish bo‘yicha  “Olmaliq KMK” AJ xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan 2022-yilda bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, "Bir murojaat - natija" tamoyili asosida xodimlar murojjatlarini o‘rganish va tezkor ko‘rib chiqish ishlari samarali tashkil etildi. Yil davomida jami 229 ta murojaat kasaba uyushmasi tomonidan tezkor ko‘rib chiqildi va qonun doirasida hal etildi.

564 nafar pensionerlarga pensiyaga chiqishlari munosabati bilan ularga bir marotabalik  moddiy yordam hamda estalik sovg‘alari ajratildi.

603 nafar yubiley yoshini nishonlagan xodimlar hamda pensionerlarga moddiy yordam hamda estalik sovg‘alari berildi.

108 nafar  ikki yoshdan uch yoshgacha bola parvarishi uchun ta'tilda bo‘lgan har bir ishchi-xodimga  “Kasaba uyushmasi xotin-qizlarga” ijtimoiy aksiyasi doirasida moddiy yordam ko‘rsatildi.

300 nafar ko‘p bolali, nogiron farzandi bor, kombinatda ishlab halok bo‘lgan oilalar farzandlari uchun “Kasaba uyushmasi - bolalarga” ijtimoiy aksiyasi doirasida o‘quv-qurollari jamlanmasi ajratildi.

7 167 nafar ishlamaydigan pensionerlarga (korxonaning sobiq xodimi) kombinat hisobidan moddiy yordam ajratildi.

Bayramlar arafasida ish beruvchi tomonidan baynalminal jangchilar, Chernobil fojeasini bartaraf etishda ishtirok etgan xodimlarga ham moddiy yordam berildi.

3-dekabr Nogironlar kuni munosabati bilan  “Kasaba uyushmasi - faxriylarga” ijtimoiy-aksiya doirasida 272 nafar ishlamaydigan nogiron-pesionerlar holidan xabar olindi hamda ularga oziq-ovqat jamlanmalari ajratildi

Bundan tashqari, ish beruvchi tomonidan 312 nafar nogiron farzandi bor xodimlarga ham moddiy yordam ko‘rsatildi.

Shuningdek, kasaba uyushmasi tomonidan  Olmaliq shahrida joylashgan 80 - sonli kar va zaif eshituvchi bolalar maktab–internati (188) hamda 6-sonli ixtisoslashtirilgan yordamchi maktab o‘quvchilari (171 nafar) uchun sovg‘alar hamda changyutgich xarid qilindi. 

3388 nafar yosh xodimlarga safarbarlik zahirasidagi harbiy xizmatga chaqirilishi munosabati bilan ish beruvchi tomonidan  foizsiz ssuda ajratildi.

7 nafar yosh oila vakillari Kasaba uyushmalari tizimidagi “Umid Gulshani” sanatoriysida bepul sog‘lomlashtirildi.

“Olmaliq KMK” AJ sanatoriy-profilaktoriysida 445 nafar kombinat mehnat faxriylari, 1 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 60 nafar baynalminal jangchilar, 3 nafar Chernobil fojeasini bartaraf etishda ishtirok etganlar bepul yo‘llanmalar orqali o‘z sog‘liklarini tiklashdi.

Xodimlarning ma'naviy dunyoqarashini kengaytirish, ularda vatanga sadoqat hissini singdirish maqsadida kombinat kasaba uyushmasi tomonidan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling!” shiori ostida 2033 nafar kombinat ishchi-xodimlar uchun imtiyozli narxlarda yurtimizning Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Xiva, Samarqand va Buxoro kabi shaharlariga sayohatlar tashkil etildi.

Bundan tashqari, “Keksalarni ezozlagan - yurt” nomli ijtimoiy aksiyasi doirasida 100 nafar kombinat pensionerlari Toshkent shahriga sayohati uyushtirildi.

Olmaliq shahar kasb-hunar maktabining 20 nafar chin yetim, ijtimoiy ta'minotga muhtoj o‘quvchilar shart-sharoiti o‘rganilib ularga “Kasaba uyushmasi stipendiyasi” joriy etildi.

4619 nafar kombinat ishchi-xodimlar farzandlari kombinatning “Istiqlol”, “Metallurg”,  “Gulzor”, “Tong” va “Xondiza-Parvoz” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida sog‘lomlashtirildi. Asosiy e'tibor, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ko‘p bolali xodimlar farzandlarini sog‘lomlashtirishga  qaratildi.

Bundan tashqari, oromgohlarda Bo‘ka tumani 15-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining 21 nafari, Olmaliq shahridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlarining 56 nafari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining 300 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, ko‘p bolali oilalar bolalari bepul yo‘llanmalar asosida sog‘lomlashtirildi.

7-aprel – Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida  kombinat xodimlari o‘rtasida 16-aprel kuni OKMK sport kompleksida yugurish marafoni tashkil etildi. Marafonda 2013 nafar ishchi xodim qamrab olindi va ular 5 km masofani yugurib o‘tishdi. Mehnat jamoalarida xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida doimiy ishlab chiqarish gimnastikalari olib borildi. Bundan tashqari, kombinat ishchi-xodimlari o‘rtasida “OKMK 2022-yilgi spartakiadasi” musobaqasi 12-fevraldan 3-dekabrga qadar davom etdi.

Unda  ishchi-xodimlar sportning 11 turi (Voleybol, stritbol (ayollar), shashka, badminton, oilaviy musobaqa, shaxmat, armrestling, yugurish estafetasi, stol tennisi, “Alpomish va barchinoy” sport oʻyinlari, tosh ko‘tarish) bo‘yicha 3 guruhga bo‘linib o‘zaro bellashishdi. Mazkur sport musobaqasida 1 865 nafar ishchi-xodim qatnashdi.

2023-yil “Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili”da ishchi-xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarimiz bardavomlik kasb etadi.

 Feruza Bazarova,

OKMK xodimlari kasaba uyushmasi apparatining

Ijtimoiy himoya boʻyicha mutaxassisi

Bo`lishmoq:
Text to speech