• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Inson qadrini ulug‘lash muhim masala

10 Fevral 2023, 10:40 1002

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati rahbariyati uchun ishchi-xodimlarning ijtimoiy muhofazasi har doim ustuvor vazifa sanalgan. Ishchilarga yaratilgan sharoitlar, ularga doimy e'tibor esa texnologik ishlab chiqarish zanjirida mehnat unumdorligini ta'minlashi shubhasiz.

2023-yil — “Insonga e'tibor va sifatli ta'lim” yili munosabati bilan Joriy yilning 9 fevral' kuni Angren kon boshqarmasi hamda Shaxtqurilish boshqarmasi mehnat jamoasi uchun Angren shahridagi “Osiyo” tantanalar majmumida madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda so‘z olgan OKMK boshqaruvi raisining Xodimlar va ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Sa'di Shermatov to‘kin dasturxon atrofida jam bo‘lgan konchilar va shaxta quruvchilariga kombinat rahbariyatining samimiy tilaklarini yetkazdi. 

Tadbir davomida bir guruh ilg‘or ishchi-xodimlar hamda mehnat faxriylari kombinat Faxriy Yorliqlari hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

“Metallurg” MS ijodiy guruhlari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Ayniqsa, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Guli Asalxo‘jayeva tomonidan ijro etilgan sho‘x-shodon taronalar barchani raqsga chorladi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech