Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning bosh mezoni “Inson qadri uchun” degan ustuvor tamoyil ekanligi sir emas. Bugun yurtimizda aholi salomatligini mustahkamlash, sog‘lom avlodni voyaga yetkazish, xalqimizning uzoq umr ko‘rishi va farovon turmush kechirishi uchun salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizning eng yirik sanoat korxonalaridan biri - Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ham bu yo‘nalishdagi ezgu ishlarni izchil davom ettirishga alohida e'tibor qaratmoqda.
Joriy yilda kombinat Olmaliq shahridagi ikkita katta tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya ishlariga homiylik qilmoqda.
Ayni kunlarda shaharda Tibbiyot birlashmasi qoshidagi shartnomaviy poliklinikada ta'mirlash ishlari qizg‘in pallaga kirgan.
Obyektda demontaj ishlari yakunlanib, tom qismida 50% ishlar bajarilib, montaj ishlari boshlandi. Elektromontaj va santexnika ishlari olib borilmoqda.
Ushbu tibbiy muasassasi joriy yilning yakunida foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan. Bu tibbiyot muassasasi 1 smenada 300ta murojaatni qabul qilish imkoniga ega bo‘ladi. Aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida rentgen xonasi 4-qavatdan 1-qavatga tushirildi. Binoning elektr energiyasi va issiq suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida tom qismiga quyosh panellari o‘rnatiladi. Energiya tejamkorligiga erishish uchun yo‘laklar va landshaft qismi esa harakat datchiklari bilan jihozlanadi. 4 qavatli binoga lift ham o‘rnatiladi.
OKMK tomonidan ushbu tibbiyot muassasasini ta'mirlashga jami bo‘lib 12,8 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.
Shuningdek, kombinat xomiyligida Olmaliqdagi tug‘ruq kompleksi viloyat miqyosidagi tumanlararo perinatal markazga aylantirilishi rejalashtirilgan. Ushbu tibbiy muassasa avval 90 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lsa, endilikda 120 o‘ringa yetkaziladi. Markaz to‘liq raqamlashtirilgan holda faoliyat yuritadi. Ayolning homilador bo‘lgan kunidan boshlab to tug‘ruqqacha bo‘lgan davr markaz tomonidan nazoratga olinadi.
Kombinat rahbariyati va mutaxassislari tomonidan tug‘ruq kompleksi binosida homilador ayollar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, tibbiy xizmat sifatini oshirish uchun zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish masalalalari ko‘rib chiqildi. O‘rganish davomida obyekt hududidagi 2ta alohida binoga issiq yo‘lak bilan birlashtirish taklifi bildirildi. Bu sovuq kunlarda bemorlarga yanada qulaylik yaratadi.
Yaqin kunlarda bu yerda ham ta'mir ishlari boshlab yuboriladi. Mazkur obyektning ta'mirlash ishlariga 10,3 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.
Kombinat rahbariyati ta'kidlaganidek ko‘zlangan asosiy maqsad - Olmaliq shahrida xalqimizga sifatli va samarali tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini yaratish.
OKMK Axborot xizmati