• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Insonga naf keltirish, oliy baxt!

18 Mart 2022, 10:25 1799

Mehr-oqibat va qadr-qimmat, saxovat ayyomi bo‘lgan Navro‘zda muhtojlar holidan xabar olinib, ularga yordam ko‘rsatiladi. Bu kabi ezgu amallar Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida ham har bir bayram arafasida bo‘y ko‘rsatadi. An'anaga sodiq qolgan holda bu yil ham Navro‘z bayrami munosabati bilan OKMK hamda kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan bir qator ezgu amallar bajarilmoqda.

Jumladan, kombinat xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan 154 nafar ijtimoiy himoya muhtoj pensionerlarga, 35ta boquvchisini yo‘qotgan oilalarga oziq-ovqat jamlanmalari berilayapti.

Shuningdek, OKMK tomonidan 52 nafar kombinatda  ishlab  nafaqaga  chiqqan  baynalminal jangchilarga, 7 nafar kombinatda mehnat qilib, nafaqada bo‘lgan Chernobil  AESi falokatini bartaraf etganlarga, 4 nafar Ikkinchi jahon urushi va 35 nafar  mehnat  fronti faxriylariga oziq-ovqat to‘plamlari hamda 350 000 so‘mdan pul mukofotlari tuhfa etilmoqda.

Bundan tashqari, OKMK boshqaruvi raisining buyrug‘iga binoan Yoshlar ittifoqi va kasaba uyushmasi faollari ijtimoiy himoyaga muxtoj keksalar,pensionerlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz qariyalar, kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalarning uy-joylarida xayriya hasharini o‘tkazishadi.

Yana bir muhim jihat kombinat tarkibiy bo‘linmalariga biriktirilgan ixtisoslashtirilgan muassasalarda ham bayram dasturxoni yozilib, ayyom tadbirlari tashkil etiladi.

Jumladan, Angren shahridagi 34-sonli maxsus internat, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi “Saxovat” uyi, Olmaliq shahridagi 6-sonli ixtisoslashtirilgan yordamchi maktab, 80-sonli kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internati, Bo‘ka tumanidagi 15-sonli mehribonlik uyi, Ohangaron tumanidagi “Saxovat” uyi, “Muruvvat” uy, Piskent tumanidagi 79-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati kabi muassasalarga xomiylik yordamlari ko‘rsatiladi.

Navro‘z ayyomi munosabati bilan dam olish kunlarida 300 nafar kombinat ishchi-xodimlariga imtiyozli narxlarda yurtimizning Xiva, Buxoro va Samarqand shaharlariga ham sayyohatlar tashkil etilayapti.

Bundan tashqari, kombinat ishchi-xodimlariga, 52 nafar  kombinatda  ishlab  nafaqaga  chiqqan  baynalminal jangchilarga, 7 nafar kombinatda mehnat qilib, nafaqada bo‘lgan Chernobil  AESi falokatini bartaraf etganlarga, 4 nafar Ikkinchi jahon urushi va 35 nafar  mehnat  fronti faxriylariga kartoshka, guruch, sabzi va piyoz kabi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ham berilmoqda.

Xalqimizga xos bo‘lgan xayrli, savobli ishlarga amalga oshirish bardavomlik kasb etadi.

Feruza Bazarova,

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi

ijtimoiy himoya bo‘yicha mutaxassis

Bo`lishmoq:
Text to speech