• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Intellektual mulk huquqlari himoyada

28 Iyun 2022, 13:14 1372

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 apreldagi “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 221-son qaroriga muvofiq 23 iyun kuni MISiS Milliy tadqiqotlar texnologik universiteti Olmaliq filialida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati xodimlari va tadbirkor yoshlar uchun intellektual mulk obektlarini roʻyxatga olish va fuqarolik muomalasiga kiritish boʻyicha seminar boʻlib oʻtdi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi Ixtirolar va foydali modellar departamenti yetakchi maslahatchisi Sherzod Abdunabiev “Ixtirolar va foydali modellar talabnomasini tayyorlash, hisobga olish va ekspertizadan oʻtkazish jarayoni” mavzusida maʻruza qildi.

 Yigʻilishda Sherzod Hikmatovich 2022 yil 1 noyabrdan intellektual mulk huquqlarini buzuvchi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar va distribyutorlarga nisbatan qonuniy jazo choralarini qoʻllash boʻyicha idoralararo axborot almashinuvi “IP protection” axborot portali orqali amalga oshirilishini aytib oʻtdi.

Bundan tashqari, seminarda intellektual mulk obektlarini huquqiy himoya qilish, sohada sodir etilgan huquqbuzarliklar boʻyicha oʻz vaqtida chora koʻrish, mualliflar va boshqa ijodkorlarning moddiy manfaatdorligini oshirishh, shuningdek, xorijiy kompaniyalarning intellektual mulk obektlariga boʻlgan huquqlarini himoya qilish, huquqbuzarliklarni oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni yanada takomillashtirich yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Seminar ishtirokchilari patentga layoqatlilik shartlari, ularning amaldagi qonunchilikka muvofiq mavjud turlari va sanoat mulki obektlarini huquqiy muhofaza qilish jarayonida intellektual mulkning oʻziga xos xususiyatlari, tovarlar va xizmatlarning xalqaro tasnifi, alohida obektlarni tasniflash bilan yaqnidan tanishdilar. Seminar ishtirokchilari oʻzlarini qizqtirgan savollarga mutaxassislardan tegishli javoblar olishdi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech