Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“Iqtisodiy o‘qish” bo‘lib o‘tdi

23 Iyun 2025, 9:20 908

Korrupsiyaga qarshi kurashishdagi ustuvor vazifalar, vazirlik xodimlarining bu boradagi shaxsiy maʼsuliyatini oshirish yuzasidan “Iqtisodiy o‘qish” bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 20-iyun kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida yurtimizda korrupsiyadan holi muhit yaratishni davom ettirish bo‘yicha amalga oshilishli lozim bo‘lgan ustivor vazifalar hamda vazirlik xodimlarining bu boradagi shaxsiy maʼsuliyati to‘g‘risida “Iqtisodiy o‘qish” tadbiri o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi professori, polkovnik Sh.Qobilov, Toshkent davlat yuridik unversiteti “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi professori, yuridik fanlari doktori S.Niyozova, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi xodimlarini malakasini oshirish markazi, “Bandlik va inson resurslarini boshqarish” kafedrasi mudiri siyosiy fanlar nomzodi, dotsent X.To‘xtaboyev ishtirok etishdi.

Ma’ruzachilar o‘z taqdimotlarida korrupsiya va uni keltirib chiqaruvchi omillar, Oʻzbekiston Respublikasida mazkur sohada yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar toʻgʻrisida ma’lumotlar berib o‘tishdi.

Mazkur tadbirda "Olmaliq KMK" Komplayens xizmati mas'ullari ham videokonferens aloqa orqali ishtirok etishdi.

Bo`lishmoq:
Text to speech