"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tarkibiy boʻlinmalarini hamda Olmaliq shahrini issiq suv va issiqlik energiyasi bilan taʼminlab kelayotgan Issiqlik elektr markazi mehnat jamoasi tomonidan kuz-qish mavsumiga qizgʻin tayyorgarlik koʻrildi.
Markaz ishlab chiqarish texnik boʻlimi boshligʻi Аziz Miraliyevning maʼlum qilishicha, 2 dona bugʻ va 1 dona suv isitish qozoni kapital, qolgan 5 dona bugʻ va suv isitish qozonlari esa joriy taʼmirlandi.
2025-yil yanvar-sentyabr holatiga koʻra, rejalashtirilgan koʻrsatkichlar boʻyicha 139 000 ming kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish rejasi 103,6%ga bajarilib, uni tizimga uzatish vazifasi 105,5%ga bajarildi. Joriy yilning oʻtgan davrida144 035 ming kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Markazning asosiy ishlab chiqarayotgan mahsulotlaridan biri issiqlik energiyasi hisoblanadi. Yil boshidan beri jami 623 424 GKall issiqlik energiyasi ishlab chiqarilgan boʻlib, bundan kombinat ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun 354 959 GKall va shahar isteʼmolchilarga 268 465 GKall issiqlik energiyasi bilan taminlandi.
Markazda shuningdek, ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish, energo resurslarini tejash borasida ham samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada markazda ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan boʻlib, ular bosqichma bosqich amalga oshirilmokda. Buning natijasida yil boshidan buyon tabiiy gazni tejash 1 273 ming/m³ ni tashkil etdi.
Hozirgi vaqtda “Oʻzbekenergo” DАK energiya tizimi bilan parallel ravishda ishlaydigan markaz 2025-2026 yillardagi isitish mavsumi uchun texnologik uskunalarni tayyor holatga keltirdi. Bu yerda taʼmirlash ishlari avvalgi isitish mavsumi tugashi bilan tasdiqlangan jadval asosida boshlangan boʻlib, ayni vaqtda barcha taʼmirlash ishlari tugallangan.
Uskunalarni tayyorlash boʻyicha barcha ishlar IEMda tasdiqlangan taʼmirlash jadvalga muvofiq amalga oshirilib kelinmoqda.
Maʼlumot uchun Issiqlik elektr markazi OKMK tarkibiga kiruvchi korxona boʻlib, u 1959-yil ishga tushirilgan. Mazkur tarkibiy boʻlinma kombinat sexlarining ishlab chiqarishdagi issiqlik eneriyasiga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish, kombinat sexlari hamda Olmaliq shahri aholisini issiqlik energiyasi va issiq suv bilan taʼminlash, issiqlik isteʼmoli yuklamasi asosida ishlab chiqarish samradorligini oshirish maqsadida elektr energiyasini ishlab chiqarish, sanoat hududida joylashgan kombinat sexlarini ichimlik suvi bilan taʼminlash kabi vazifalarni bajarib keladi.
Isiqlik elektr markazida ayni paytda asosiy 5 dona bugʻ qozonlari va 3 dona suv isitish qozonlari hamda 3 dona bugʻ turbinalari mavjud.
Bir soʻz bilan aytganda markaz kuz-qish mavsumiga tayyor.
Axborot xizmati