"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Joriy yilning 26-mart kuni “Metallurg” madaniyat saroyida “Xodimga ish haqi to‘lash va unga to‘lanishi lozim bo‘lgan boshqa to‘lovlarni kechiktirganlik uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Tadbirda Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi sudyalari Sharofiddin Xamrayev, Akram Akromov, Nargiza Uralova, Nilufar Akbarova, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Ohangaron tumanlaroaro sudi raisi Xotamjon Matkarimov, rais o‘rinbosari Xurshid Ravshanov, sudya Abduqodir Rajabov ishtirok etishdi.
OKMK Yuridik departamenti, tarkibiy bo‘linmalar yuristkonsultlari, Markaziy apparat Inson resurslari departamenti va uning tarkibiy bo‘linmalardagi xodimlari, Mehnatga haq to‘lash va rag‘batlantirish bo‘limi, Markaziy hisobxona hamda kasaba uyushma qo‘mitalari vakillari uchun tashkil etilgan seminarda mehnat qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, ish beruvchilar tomonidan kompensasiya to‘lab berilishi tartiblari ham tushuntirildi.
Seminar ishtirokchilari tomonidan mehnat nizolari bo‘yicha berilgan savollarga sudyalar sud amaliyotlaridan kelib chiqqan holda batafsil javob berishdi.
Axborot xizmati