• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Ish joyingizga xiyonat qilmang!

20 Aprel 2022, 9:18 1158

Sanoat temir yo‘l transporti boshqarmasi majlislar zalida korxona tarkibiy bo‘linmalarida tovar-moddiy boyliklarining butligi saqlanishi, harakati va tashmachiliklarni oldini olish bo‘yicha tovar-moddiy boyliklarga mas'ul shaxslar hamda muhandis texnik xodimlar uchun navbatdagi profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi IIV 1-sonli IIB tezkor vakillari Sh.Erkabayev, K.Ravshanov, S. Yuldashev, STTB boshlig‘i B.Qurbonov hamda STTB boshlig‘inig  tovar moddiy boyliklarini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari Q.Dushanovlar ishtirok etishdi.

Suhbat davomida sanoat temir yo‘l transport boshqarmasining tarkibiy bo‘linmalarida faoliyat olib borayotgan omborchilar, ekspeditorlar, moddiy javobgar shaxslar va buxgalteriya xodimlari bilan tovar-moddiy boyliklarini saqlanishi va butligi bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, STTB Moddiy texnik taminoti bo‘limi boshlig‘i Umid Shanasirovning ham hisoboti tinglanib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan kerakli ma'lumotlarni berib o‘tdi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tkazilgan suhbat davomida ishtirokchilar mas'ullarga o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olish bilan birga, bir qator takliflarni ham berib o‘tishdi.

Sh.Faxritdinov,

Sanoat temir yo‘l transport boshqarmasi ichki qo‘riqlash xizmati boshlig‘i

Bo`lishmoq:
Text to speech