• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Ish quroling soz bo‘lsa mashaqqating oz bo‘lur

09 Fevral 2023, 10:49 1057

Har qanday sanoat korxonasida texnologik uskunalarning soz holatda ishlashi ishlab chiqarish samaradorligini ta'minlashi bor gap. Shu va boshqa omillarni hisobga olgan holda kombinat tarkibiy bo‘linmalaridagi texnologik uskunalar har yili muntazam ravishda profilaktik rejaviy ta'mirga qo‘yib boriladi.

Ayni kunlarda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatidagi texnologik ishlab chiqarish zanjirining kulminasion nuqtasi bo‘lgan Mis eritish zavodida keng qamrovli ta'mir ishlari olib borilmoqda.

MEZ ishlab chiqarish texnik bo‘limi boshlig‘i Dmitriy Nosirovning ma'lum qilishicha, joriy yilning 20-yanvar kuni Metallurgiya sexidagi Vanyukov pechi, 4-sonli Sulfat kislotasi sexining uchastkasi, Havo taqsimlash sexining 3-sonli blokida kapital ta'mirlash ishlari boshlandi. Ta'mir ishlariga 1 oy muddat belgilangan.

Kapital ta'mir ishlari Mis eritish zavodi, Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasi ishchi-xodimlari hamda pudratchi tashkilot “Sredazsvetenergo” korxonalari tomonidan olib borilmoqda.

Ta'mirlash ishlarining jadallik bilan olib borilishi natijasida belgilangan muddatdan 10 kun oldin ishlar yakunlanishi kutilayapti.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech