• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Ishchi salomatligini asrash muhim masala

19 Dekabr 2023, 8:13 331

Kombinat tarkibiy bo‘linmalarida mehnat qilayotgan ishchi-xodimlarning salomatligini himoya qilish bo‘yicha doimiy ravishda davriy tibbiy ko‘riklar tashkil etib kelinadi.

Bu kabi tibbiy ko‘riklar har bir korxona-tashkilotlarda mehnat qilayotgan ishchi-xodimlar uchun 1 yilda 1 marotaba tashkil etiladi. Bu kabi davriy tibbiy ko‘riklarning tashkil etilishidan asosiy ko‘zlangan maqsad ishchi-xodimlarning kasalligini barvaqt aniqlash, kasallik aniqlanganda salomatliklarini tiklashlari uchun davolash muassasalariga hamda sanatoriy-profilaktoriyga yuborishdan iborat.

Tibbiy ko‘riklar shu yili to‘liq rekonstruksiya qilingan, barcha zamonaviy tibbiy jihozlarga ega bo‘lgan Tibbiy-sanitar qismida amalga oshirilmoqda.

Kombinatning yordamchi bo‘linmalaridan sanalgan Issiqlik elektr markazi ishchi-xodimlari uchun navbatdagi davriy tibbiy ko‘rik joriy yilning 14-15 dekabr kunlari o‘tkazildi. Mazkur tibbiy ko‘rik O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2012-yil 10-iyuldagi 200-sonli buyrug‘iga asosan o‘tkazilib, unda 252 nafar noqulay sharoitlarda mehnat qilayotgan ishchilar ishtirok etishdi.

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligining 2012-yil 10-iyuldagi 6-sonli buyrug‘iga ko‘ra, 34 nafar ishchi-xodim uchun ham davriy tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

Tibbiy ko‘rik davomida ishchilar o‘rtasida aniqlangan kasalliklar bo‘yicha sanatoriy-profilaktoriyda davolanish uchun tavsiya berildi.

Sh. Yuldashev,

I. Xolmatov

IEM Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha 1-toifali muhandislari

Bo`lishmoq:
Text to speech