• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Ishchi-xodimlar manfaati himoyasi doimiy e'tiborda

16 Dekabr 2022, 16:2 797

Joriy yilning 13-15 dekabr kunlari Olmaliq kon-metallurgiya kombinati xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining mas'ul xodimlari tomonidan Texnologik transporti boshqarmasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish ishlari davomida ishchi-xodimlarga yaratilgan sharoitlar, ish taqsimlash xonalarining ahvoli, oshxonaning holati bilan tanishildi.

Shuningdek, ishchi-xodimlar bilan ularni qiynayotgan muammolar bo‘yicha ham suhbatlar o‘tkazildi.

Suhbatlar davomida ishchi-xodimlar tomonidan bir qator takliflar bildirildi.

Jumladan, “Stol tennisi”, “Mini futbol”, “Darts”, “Armrestling” sport turlari bo‘yicha ommaviy sport musobaqalari va yurtimizning diqqatga sazovor shaharlariga sayohatlar tashkil etish, madaniy-ma'rifiy konsert dasturlarini, turli xil tanlovlarni o‘tkazish, ishlamaydigan pensionerlar holidan muntazam xabar olish kabi takliflar bildirildi.

Mazkur o‘rganish ishlarining xulosasiga ko‘ra, Texnologik transporti boshqarmasi mas'ul xodimlari (mehnat muxofazasi, xodimlar bilan ishlash bo‘limi xodimi, mehnatga haq to‘lash va rag‘batlantirish bo‘limi va h.k.) hamda boshqarma kasaba uyushmasi qo‘mitasi tizimining 8 ta yo‘nalishdagi komissiya raislari ishtirokida ishchi-xodimlarga ish joylarida yaratilgan mehnat sharoitlarini doimiy o‘rganish hamda ularda yuzaga keladigan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida xodimlar bilan har oylik uchrashuvlar jadvalini shakllantirish vazifasi belgilandi.

Shuningdek, TTB ishchi-xodimlari uchun madaniy-ma'rifiy, sport-sog‘lomlashtirish hamda boshqa tashkiliy tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha OKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashining rayosat qarori qabul qilindi.

Rayosat qarori bilan chora-tadbirlar belgilandi. Mazkur chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra, bugun boshqarma sex va bo‘linmalari ishchi-xodimlari uchun ma'naviy-ma'rifiy konsert dasturi tashkil etildi. Unda “Metallurg” MS ijodiy guruhlari tomonidan ko‘ngilochar konsert dasturi namoyish etildi. Shuningdek, boshqarma ishchisi, havaskor qo‘shiqchi Jamshid Jo‘rayev o‘z taronalari bilan xodimlarning kayfiyatini yanada ko‘tardi.

Bundan tashqari, turli xil adabiyotlardan tashkil topgan kitoblar ko‘rgazmasi ham ishchilarga manzur bo‘ldi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech